$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘zbekistonda sil kasalligi bilan bog‘liq o‘lim holatlari 6-8 baravarga kamaygan

sil

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda silni davolash samaradorligi keyingi yillarda 90 foizga yetkazilib, kasallanish darajasi 1,5-2 baravarga, o‘lim holatlari 6-8 baravarga kamaygan. Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi majlisida shu haqda gap bordi. Aholini sil kasalligidan himoya qilishni yanada kuchaytirish masalasi muhokama qilindi. https://uza.uz/posts/683807

 Sil kasalligi

Sil kasalligi — tuberkulyoz bakteriyasi sabab bo‘ladigan infeksion kasallik bo‘lib, odatda o‘pka to‘qimalariga zarar yetkazadi, lekin boshqa organlarni ham shikastlashi mumkin.

Asosiy belgilari

Uzoq davom etadigan yo‘tal;

Ko‘krak qafasida og‘riq;

Tana haroratining ko‘tarilishi;

Tez charchash va holsizlik;

Qanday yuqadi?

Kasallangan odam yo‘talganida, aksirganda yoki gapirganda havo orqali tarqaladi.

Immuniteti past bo‘lgan insonlar (bolalar, qariyalar, OIV-infeksiyali shaxslar) yuqish xavfida bo‘ladi.

Kasallikni davolash mumkinmi?

Sil maxsus antibiotiklar bilan uzoq muddatli davolash orqali to‘liq davolanadi. Odatda, 6-9 oy davomida dorilar muntazam ichilishi shart. Agar davolash to‘liq bajarilmasa, kasallik dori ta’siriga chidamli shaklga o‘tib, juda qiyin davolanadigan bo‘lib qolishi mumkin.

Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi majlisida shu haqda gap bordi. Aholini sil kasalligidan himoya qilishni yanada kuchaytirish masalasi muhokama qilindi.

 Maxsus ishchi guruh

Xususan, qo‘mita tomonidan sil kasalligining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha qonunchilik taklifini tayyorlash uchun mas’ul vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzildi.

Ishchi guruh tomonidan aholini sil kasalligidan himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” muhokama qilindi.

Unga ko‘ra, aholini sil kasalligidan himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar inventarizatsiyadan o‘tkaziladi, aholini sil kasalligidan saqlash bo‘yicha mavjud muammolar o‘rganiladi va ularning yuzaga kelish sabablari tahlil qilinadi.

Sil kasalligidan asrash rejasi ishlab chiqiladi

Tahlil natijalariga ko‘ra va xalqaro tajribani o‘rgangan holda aholini sil kasalligidan asrash rejasi ishlab chiqiladi.

Senatorlar, mahalliy kengashlar deputatlari, mutaxassis va ekspertlar, vazirlik va idoralar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan majlisda qaror qabul qilindi.