$
 12947.07
6.49
 14033.33
-11.08
 155.01
1.79
weather
+26
Кечаси   +14°

ZoodMall, Asaxiy, Uzum market — Iste’molchilar eng ko‘p qaysi onlayn savdo do‘konlaridan shikoyatlar qilishmoqda?

karta

O‘zbekistonda elektron tijorat va masofadan turib (onlayn) mahsulot xarid qilish xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berishicha, ba’zi elektron savdo do‘konlaridan ZoodMall, Asaxiy, Alif shop, Idea, Uzum Market, Korzinka.uz, Openshop.uz, Sello, Sandiqshop va boshqa elektron tijorat bozori ishtirokchilari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar talab darajasida emasligi haqida qo‘mita va uning hududiy boshqarmalariga ko‘plab murojaatlar kelib tushgan. Qo‘mita sa’y-harakatlari natijasida elektron savdoda 858 nafar iste’molchi foydasiga 100 million so‘mlik qayta hisob-kitob amalga oshirildi.

Zood mall, Olcha uz, Uzum market, Elmakon uz

Raqobat qo‘mitasi fuqarolarning murojaatlarini hisobga olgan holda ish-reja asosida elektron tijorat va masofadan turib (onlayn) mahsulot sotuvchi veb-saytlarni hamda ommaviy oferta shartlarini tahlil qilish maqsadida quyidagi mavjud elektron tijorat tashkilotlarining ommaviy ofertalarini o‘rganib chiqdi:

12 ta holatda - Zoodmall oferta shartnomasi (22 ta band, 328 ta kichik bandlardan iborat);

32 ta holatda - Olcha uz oferta shartnomasi (14 ta band,127 ta kichik bandlardan iborat);

27 ta holatda - Uzum market oferta shartnomasi. (13 ta band, 96 ta kichik bandlardan iborat);

3 ta holatda - Elmakon uz oferta shartnomasi (10 ta band, 74 ta kichik bandlardan iborat).

Iste’molchilar qanday muammolarga duch kelishgan?

O‘rganishlarda elektron savdolarda nuqsonli tovarni almashtirish yoki pulini qaytarib bermaslik, iste’molchiga to‘liq, yetarli va ishonchli ma’lumotlar taqdim etmaslik va yetkazib berish muddatlarini buzilishi kabi qonunbuzilish holatlari mavjudligi aniqlandi. Qo‘mita tomonidan mazkur elektron savdo do‘konlariga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan xat yuborildi va bugungi kunda ommaviy ofertalar qonunchilik talablariga moslashtirilishi ta’minlandi.

Ushbu onlayn do‘konlar davlat tilida xizmat ko‘rsatmaydi

Bundan tashqari, Openshop,uz (Openshop MCHJ), Orzon,uz (“Massa Impex” MCHJ), Glotr,uz (“Web media group” MCHJ), Uzum tezkor (“Uzum tezkor” MCHJ XK) hamda Dari,uz (“Podari shop” MCHJ) elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi jamiyatlarning saytlarida ham o‘rganish ishlari olib borilib, bunda ba’zi bir holatlarda saytlaridagi ma’lumotlar, ayrim holatlarda esa ommaviy ofertalar davlat tilida yuritilmasligi aniqlandi. Mazkur holat bo‘yicha jamiyatlarga tegishli ogohlantirish xatlari yuborildi va tegishli ma’lumotlar Qonun talablariga muvofiqlashtirildi.

https://service-eco.uz/ ” veb-resursidan mamlakat hududida foydalanish cheklandi

Xususan, Qo‘mita va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda internet tarmog‘idagi “https://service-eco.uz/” veb-resursi o‘rganib chiqilganda milliy qonunchilik talablariga nomuvofiqlik holatlari aniqlangan. Mazkur veb-saytning identifikatsiya ma’lumotlari Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 707-son qaroriga asosan taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i axborot resurslari reyestriga kiritildi hamda undan mamlakat hududida foydalanish cheklandi.

O‘tgan yil davomida onlayn do‘konlarga oid 1048 ta shikoyat kelib tushgan

Ma’lumot o‘rnida, elektron tijorat sohasida joriy yilning o‘tgan vaqti davomida Raqobat qo‘mitasiga 1048 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, savdo sohasi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarning 15,3 foizini tashkil etadi.

O‘rganishlarda 858 nafar iste’molchi foydasiga 100 mln so‘mga yaqin miqdoridagi mablag‘ qayta hisob-kitob qilingan bo‘lsa, 9,3 mln so‘mlik mahsulotlarning almashtirib berilishi ta’minlangan.. 


Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot