Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +17° kechasi +9°

O‘zbekistonning yanvar-iyul oylaridagi MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi tahlil qilindi

Umumiy savdo aylanmasining 35,3% MDH mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning yanvar-iyul oylaridagi MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi tahlil qilindi

Ushbu oylar davomida import hajmi 10,1%ga o‘sdi. Bular haqida review.uz xabar qilgan.

Umumiy tashqi savdo hajmi

2024-yil yanvar-iyul oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 36,8 mlrd. AQSH dollariga yetdi.

Bundan eksport hajmi 14,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, import hajmi 22,0 mlrd. AQSH dollariga, ya'ni 10,1%ga ko‘paygan. Eksportga qaraganda import hajmining ortib borishi resurslarning tashqariga emas, balki, foydaga ko‘proq kirib kelayotganidan darak beradi.

Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aloqalari

Yanvar-iyul oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmi $3,8 mlrd.ga yetdi, bu umumiy tashqi savdo hajmining 10,4%ini tashkil etadi.

Eksport hajmi 1,4 mlrd. dollar, Import hajmi esa 2,4 mlrd. dollarni tashkil etgan.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasidagi eng katta ulushi Qozog‘iston hissasiga – 60%, qolgan qismi: Turkmaniston – 19%, Qirg‘iziston – 11% va Tojikiston – 10% to‘g‘ri keladi.

MDH mamlakatlari bilan savdo hajmi

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining 35,3% MDH mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi joriy yilning yanvar-iyun oylari yakunlari bo‘yicha 15,8%ga o‘sib, $13,0 mlrd. tashkil etdi.

MDH davlatlari orasida eng ko‘p ulushlar Rossiya (52%), Qozog‘iston (18%), Turkmaniston hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.