$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish qisqardi

Neft

Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-aprel oylaridagi sanoat ishlab chiqarishi boʻyicha ma'lumotlarni e'lon qildi. Joriy yilning dastlabki 4 oyi davomida gaz qazib olish hajmi 15,3 mlrd kub metrni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 964 mln kub yoki 5,9 foizga qisqargan.

Gaz qazib olish 5,9 foizga qisqardi

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 oyida gaz qazib olish 5,9 foizga, neft qazib olish 6,6 foizga, koʻmir qazib olish 9,8 foizga, benzin ishlab chiqarish 7,9 foizga qisqardi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish esa 7,1 foizga oshdi.

Gaz qazib olish koʻrsatkichlari

2024 yilning yanvar-mart oylaridagi gaz qazib olish koʻrsatkichlari:

Yanvar – 3,99 mlrd. kub (oʻtgan yilning mos davrida – 4,31 mlrd. kub);

Fevral – 3,71 mlrd. kub (3,85 mlrd. kub);

Mart – 3,89 mlrd. kub (4,16 mlrd. kub);

Aprel – 3,7 mlrd. kub (3,94 mlrd. kub).

Ma'lumot uchun, 2022-yilda ham gaz qazib olish 53,8 mlrd.dan 51,67 mlrd. kub metrgacha yoki 4 foizga, 2023-yilda esa 51,67 mlrddan 46,71 mlrd. kub metrgacha yoki 9,6 foizga qisqargan.

6 yildagi oʻzgarishlar

2017-2023 yillar oraligʻida tabiiy gaz qazib olish hajmining oʻzgarishi (Statistika agentligi ma'lumotlari):

2017-yil – 56 mlrd. 417,6 mln. kub metr;

2018-yil – 60 mlrd. 396,5 mln. kub metr;

2019-yil – 60 mlrd. 537,5 mln. kub metr;

2020-yil – 49 mlrd. 736,2 mln. kub metr;

2021-yil – 53 mlrd. 802 mln. kub metr;

2022-yil – 51 mlrd. 678,4 mln. kub metr;

2023-yil – 46 mlrd. 710,3 mln. kub metr.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda tabiiy gaz qazib olish muttasil ravishda qisqarib bormoqda. Xususan, 2019–2023-yillar oraligʻida bu qisqarish 22,8 foizni tashkil qilgan. Mahalliy ishlab chiqarishning kamayishi Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi hisobiga qoplanyapti.

Koʻmir va neft qazib olish

Dastlabki 4 oylikda koʻmir qazib olish 1326,6 ming tonnani tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 144,9 ming tonna yoki 9,84 foizga qisqargan.

Shuningdek, hisobot davrida neft qazib olish 258,5 ming tonnadan 241,3 ming tonnaga kamaygan boʻlsa, gaz kondensati ishlab chiqarish 423,1 ming tonnadan 432,7 ming tonnaga oshgan.

Elektr energiyasi ishlab chiqarish 1 mlrd 875 mln kWh’ga oshgan

Yanvar-aprel oylarida elektr energiyasi ishlab chiqarish oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 7,1 foizga yoki 1 mlrd. 875 mln. kWh’ga oshgan. Xususan, 2023-yilning 4 oyida 26,09 mrld kWh elektr energiyasi ishlab chiqarilgan boʻlsa, bu koʻrsatkich joriy yilning mos davrida 27,96 mlrd. kWh’ga etgan. Hisobot davrida dizel yonilgʻisi ishlab chiqarish 379 ming tonnadan 362 ming tonnaga (-4,5 foiz), benzin ishlab chiqarish 504 ming tonnadan 464 ming tonnaga (-7,9 foiz) qisqargan.