$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Cheklovlar davom etadi: endi navbat haydovchilik guvohnomasiga

p 4 1

Rossiyada teraktdan so'ng migrantlarga nisbatan munosabatlar yanada yomonlashib, bir necha cheklovlar kiritilgan edi. Qatorga haydovchilik guvohnomalari ham qo‘shilmoqda. 

Endi chet elda olingan haydovchilik guvohnomalari egalari Rossiyaga kelgandan keyin bir yil ichida ularni ushbu mamlakat guvohnomalariga almashtirishlari kerak boʻladi. 1-apreldan "Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida"gi federal qonunga tegishli oʻzgartirishlar kuchga kirdi.

Bir yil ichida almashtirish kerak

Boshqa davlatda hujjat olib, keyin Rossiyaga koʻchib oʻtganlar endi bir yil ichida haydovchilik guvohnomasini Rossiya Federatsiyasi tomonidan beriladigan guvohnomaga almashtirishlari kerak.

"M" (mopedlar, skuterlar), "A" (dvigatel hajmi 125 kub santimetrdan ortiq va quvvati 11 kilovatt va undan koʻp boʻlgan mototsikllar) va "B" (yengil avtomobillar) toifalaridagi Rossiya litsenziyalarini olish uchun xorijlik haydovchilik guvohnomasi egalari faqat tibbiy maʼlumotnoma (003-B/u shakl) taqdim etishlari va yoʻl harakati politsiyasida nazariy imtihon topshirishlari kerak.  

Istisno Belarussiya uchun

"C" (yuk mashinalari) va "D" (avtobuslar) toifalari uchun esa toʻliq qayta tayyorlash va imtihondan oʻtish kerak. Istisno faqat Belarus litsenziyalari egalari uchun qoʻllaniladi - ularni oʻzgartirishga hojat yoʻq.

Rossiya hududida koʻplab oʻzbekistonlik fuqarolar haydovchilik faoliyatini amalga oshiradi. Bu oʻzgarishlar ularga ham taalluqli boʻladi.

Теги :
Jamiyat
Avto