$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Endilikda O'zbekistonda robotlar tomonidan reydlar o‘tkaziladi

r 5 6

Toshkent shahrida IIV tomonidan kuzatuv kameralari bilan jihozlangan robotlar ishga chiqarildi. Bu haqda Uznews IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmatiga tayangan holda ma'lum qildi.

Vazifasi profilaktika inspektoriga yordamchilik

Qayd etilishicha, ushbu robotning asosiy maqsad va vazifasi — aholi yashash hududlarida IIV profilaktika inspektori uchun yordamchi bo‘lib ishlash. Robot bir vaqtning o‘zida mahalla hududi shahar tumanlari va qishloq hududlarida jinoyatchiliknioldini olish targ‘ibot ishlarini olib boradi, hududdagi huquqbuzarliklarni qayd etib, video tasvirga olingan ma’lumot profilaktika inspektorining planshetiga yuboradi.

Huquqbuzarlikdan ogohlantirish imkoniyati

Robot GPS orqali harakatlanadi, 180 va 360 gradusda yuqori sifatda tasvirga olish va qayd etish kameralari bilan jihozlangan. Robotdagi mayoqcha huquqbuzarliklardan ogohlantirish uchun mo‘ljallangan. U har qanday ob-havoda stabil holatda harakatlana oladi va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajara oladi. 

Ma'lum bo'lishicha hozirda robot sinov jarayonida.

Теги :
Жамият
Авто