$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Raqobat qo‘mitasiga eng ko‘p savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan shikoyat tushgan

korzinka

Raqobat qo‘mitasi 2024-yilning 9 oyi davomida qilingan ishlar bo‘yicha statistika taqdim etdi. Unga ko‘ra, qo‘mita tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ko‘plab tadbirlar amalga oshirilgan. Qo‘mitaga respublika bo‘ylab jami 20 872 ta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlar asosan quyidagi sohalarni qamrab olgan:

• Savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari – 36,9% (7 697 ta murojaat);

• Uy-joy kommunal va transport xizmatlari – 36,6% (7 634 ta murojaat);

• Aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar – 23,4% (4 886 ta murojaat);

• Reklama sohasiga oid masalalar – 3,1% (655 ta murojaat).

Reklama va xizmatlar sohasida:

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 27 373 ta o‘rganish o‘tkazilib, jami 11 106 ta kamchiliklar aniqlandi. Shuningdek, 402 ta reklama e’lonlari va eskizlari ekspertiza va tahlildan o‘tkazilgan, ulardan 75 tasi qonunchilikka nomuvofiq deb topilgan.

Iste’molchilar huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha:

Qo‘mita tomonidan ommaviy axborot vositalarida turli mavzularda 1 185 ta huquqiy axborot joylashtirildi. Shuningdek, 177 ta maxsus videoreportaj va materiallar tayyorlandi va 846 ta maqola va ko‘rsatuvlar elektron axborot vositalarida e’lon qilindi.

Iste’molchilar madaniyati va huquqiy bilimini oshirish maqsadida 339 ta tadbir tashkil qilinib, ushbu tadbirlarda 17 159 nafar ishtirokchilar qatnashgan.

Mahsulot sifati nazorati:

451 ta mahsulotga nisbatan sifat nazorati amalga oshirilgan, shundan 369 tasi normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiq, 82 tasi esa nomuvofiq deb topilgan.

Xalqaro hamkorlik:

12 ta xalqaro tadbirda ishtirok etilgan bo‘lib, bu jarayonlarda Germaniya, Koreya, MDH, EIIТ kabi davlatlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Huquqiy islohotlar:

Normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha 7 ta loyiha ishlab chiqilgan va 35 ta qonunchilikka ta’sir etuvchi takliflar berilgan.

Natijada, jami 8,9 milliondan ortiq iste’molchi huquqlari himoya qilinib, 113 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilindi.