$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Yog‘ingarchilik qishloqlarda emas, shaharlarda ko‘proq bo‘lishi aniqlandi

yog

Yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, atrofidagi hududlar bilan solishtirganda shaharlarda yog‘ingarchilik va ekstremal jala ko‘proq ro‘y berishi qayd etildi. Olimlarning ta’kidlashicha, bu hodisa shaharlarda suv toshqiniga olib keladigan xavf omillarini yanada kuchaytiradi.

Yillik yogʻingarchilikning miqdori koʻproq

Tadqiqotchilar so‘nggi yigirma yil davomida sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Dunyo bo‘ylab mingdan ortiq shaharlardan 63 foizida yillik yog‘ingarchilikning o‘rtacha miqdori qishloq joylariga qaraganda ko‘proq bo‘lgani aniqlandi. 

Yillik yog‘ingarchilik miqdori yuqoriligi bo‘yicha eng yirik shaharlar qatoriga Hoshimin (Vetnam), Kuala-Lumpur (Malayziya), Lagos (Nigeriya), Sidney (Avstraliya) kiradi.

Urbanizatsiyaning ob-havoga taʼsiri

Texas universiteti professori va tadqiqot mualliflaridan biri Dev Niyogining so‘zlariga ko‘ra, urbanizatsiya ob-havoni bir necha jihatdan shakllantiradi. 

Birinchidan, shaharlar qishloq joylarga qaraganda issiqroq bo‘ladi, bu hodisa shahar issiqlik oroli effekti deb ataladi. Issiq havo yuqoriga ko‘tarilganda, bulutlar paydo bo‘lishi va yog‘ingarchilikning kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan oqimlarni hosil qiladi. Baland binolar va infratuzilmaga ega notekis shahar landshaftlari mahalliy havo oqimini sekinlashtirishi yoki yog‘ingarchilik muddatini uzaytirishi mumkin. 

Shaharlar ustidagi havoda esa aerozollarning yuqori konsentratsiyasi mavjud: bu atmosferada ko‘proq mayda zarralar borligini anglatadi, ular atrofida suvni yomg‘ir tomchilariga to‘playdi va yomg‘irli bulutlarini hosil qiladi.

Xoshimin shahri hududi unga tutashgan atrofidagi qishloq joylar bilan taqqoslaganda yiliga o‘rtacha 274 mm. qo‘shimcha yog‘ingarchilik oldi. 

Tadqiqot qanday oʻtkazildi?

Tadqiqot mualliflari tuproq va o‘simliklar qoplamining sun’iy yo‘ldosh kuzatuvlari asosida shaharlarni belgiladi, shundan keyin har bir shahar atrofida uchta konsentrik zonalar o‘rnatdi. Eng tashqi zona “shaharning yog‘ingarchilikka dominant ta’sir doirasidan tashqarida” deb faraz qilindi. 

Bir qancha shahar hududlari, jumladan, Kioto (Yaponiya) va Sietl (AQSH) “quruq orollar” sifatida ko‘rsatilgan, chunki ularda atrofidagi hududlarga qaraganda yog‘ingarchilik kamroq bo‘lgan. Ba’zi hollarda geografik o‘rin muhim rol o‘ynaydi, masalan, vodiylarda joylashgan shaharlarda yaqin atrofdagi adirlarga qaraganda yog‘ingarchilik kam kuzatiladi. 

Shuningdek, tadqiqotchilar yog‘ingarchilik shaharlarning shamol yo‘nalishi bo‘yicha atrofdagi hududlarga nisbatan ko‘proq, qishloq joylarida esa shamol ostida kamroq bo‘lishini aniqlashdi.

Olimlarga shahar issiqlik orollari haqida avvaldan ma’lum. Urbanizatsiyaning iqlim uchun boshqa ta’sirlaridan xabardorlik ham ortib bormoqda. Yangi tadqiqot bu borada oldinga qo‘yilgan muhim qadam hisoblanadi.

Теги :
Jamiyat