$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Qariyb 6 asr mobaynida quvvatlashni talab qilmaydigan quvvatlagich ixtiro qilindi

quvvat

Olimlar 5700-yil davomida quvvatlashni talab qilmaydigan abadiy quvvatlagich yaratishdi. Ushbu qurilma kelajakda elektronika, tibbiyot va fazoviy tadqiqotlarda qo‘llanilishi mo‘ljallanmoqda.

Qurilmadagi radioaktiv uglerod-14 moddasi maxsus kapsula bilan izolyatsiya qilingan

Ma’lum qilinishicha, qurilmaning o‘lchami juda kichik — atigi 1x1 sm, lekin bu moslama ichida yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan radioaktiv uglerod-14 bor. Bu materialdan chiqayotgan energiyani kichik hajmda uzoq muddat saqlab turish texnologiyasi haqiqiy inqilobiy yutuq hisoblanyapti.

Shuningdek, ushbu radioaktiv materialdan foydalanish uning xavfsizligiga oid savollarni keltirib chiqardi. Lekin ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, uglerod-14 dan chiqqan radiatsiya maxsus kapsula bilan butunlay izolyatsiya qilingan va uning inson salomatligiga ta’siri deyarli mavjud emas. Bunday ixtiro faqatgina elektronika sohasida emas, balki tibbiyot va fazoviy tadqiqotlarda ham katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Texnologiya kelajakda smartfonlar va yangi iPhone modellarida ham o‘rnatilishi mumkin

Bunday batareyalar nafaqat uzoq muddatli, balki iqlim uchun ekologik foydali mahsulot sifatida baholanyapti. Tasavvur qiling, zamonaviy qurilmalarni doimiy zaryadlovchi uskunalar, quyosh panellari yoki akkumulyatorlar o‘rniga shu kabi moslamalardan foydalanilsa. Bu nafaqat energiya iste’molini kamaytiradi, balki chiqindilarni ham sezilarli darajada qisqartirishi mumkin.

Shuning bilan birga, batareya ilk bor yukori darajada avtonom ishlashni talab qiluvchi soha — masalan, kosmos tadqiqotlari yoki tibbiy implantlarda sinovdan o‘tkaziladi. Lekin tez orada bunday texnologiyani smartfonlar, xususan, yangi iPhone modellarida ham ko‘rishimiz ehtimoldan holi emas.