$
 12681.79
-18.31
 14023.52
-91.37
 140.11
-1.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Bo‘stonliqda profilaktika inspektori xotini, farzandi va o‘zini otib o‘ldirdi

miltiq childngun

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani profilaktika inspektori xotini, farzandi, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirdi. Er-xotin 28 yoshda, farzandi esa hali yoshga to‘lmagan bo‘lgan. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Oilaviy mojaro ortidan kelib chiqqan fojea

Aytilishicha, voqea 6-avgust kuni soat 21:00 larda Bo‘stonliq tumanida profilaktika inspektori yashagan xizmat xonadonida sodir bo‘lgan.

Bo‘stonliq tumani IIB JXX XPB profilaktika inspektori (1996-yilda tug‘ilgan) turmush o‘rtog‘i (1996-yilda tug‘ilgan) bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik davomida o‘ziga biriktirilgan “PM tabel” quroli bilan turmush o‘rtog‘i va 2024-yilda tug‘ilgan o‘g‘liga o‘q uzib, qasddan o‘ldirgan.

Shundan so‘ng u o‘z jinoiy qilmishlaridan qutulib qolish maqsadida “PM tabel” quroli bilan boshiga bir marotaba o‘q uzib, o‘z joniga qasd qilgan.

Qasddan odam o‘ldirish

Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Avvalroq, qarz sababli butun bir oilaning umriga zomin bo‘lgan shaxs haqida xabar bergan edik.

Теги :
Жамият