$
 12707.95
57.69
 14099.47
115.87
 140.95
-1.01
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent viloyatida butun bir oilaning a’zolari qotillik alomatlari bilan topildi

qotillik

Xonadonda erkak, ayol va 3 nafar voyaga yetmagan shaxslarning murdalari turli tan jarohatlari va qotillik izlari bilan topilgan.

Yong‘in haqida xabar

Joriy yilning 26-iyul soat 06:19 atrofida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Nurafshon ko‘chasida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. 

Xabarga asosan Yangiyo‘l tumani FVB Yong‘in qutqaruv qismi o‘t o‘chiruvchilari tomonidan voqea joyiga chiqilib, kelib chiqqan yong‘in bartaraf etilgan. 

Topilgan jasadlar

Xonadonni ko‘zdan kechirish davomida bir oilaning 5 nafar a’zosi 1991-yilda tug‘ilgan erkak, 1999-yilda tug‘ilgan ayol, 2021 va 2022-yilda tug‘ilgan bola va 2018-yilda tug‘ilgan qizning murdalari turli tan jarohatlari bilan topilgan. 

Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Jinoyat ishi

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi, ya’ni qasddan odam o‘ldirish jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda prokuratura va IIOning xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan jinoyat ustida ish olib borilmoqda.

Tezkor ma’lumot: gumonlanuvchi qo‘lga olindi

Yangiyo‘l tumanida 5 nafar shaxsni qasddan o’ldirishda gumonlanayotgan shaxs protsessual tartibda ushlandi. 

Olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi shaxs marhum jarblanuvchi erkakning qarindoshi hisoblanib, u ushbu jinoyatni o‘rtalarida mavjud bo‘lgan qarz munosabati sababli sodir etganligi ma’lum bo‘ldi. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.