$
 12790.12
-4.9
 13936.11
42.0
 130.03
-1.59
weather
+26
Кечаси   +14°

— O‘zbekiston energetika tizimi har qanday ob-havo sharoitlariga tayyor, — vazirning oʻzgarmas vaʼdasi yana yangramoqda

Energetika vaziri

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston energetika tizimi qishki mavsumga to‘liq tayyor. 

Har qanday ob-havo sharoitiga

Abu-Dabidagi ADIPEC ko‘rgazmasi doirasida jurnalistlarga bergan intervyusida u: “Bu yil tizimli ishlarni amalga oshirdik va qishga tayyorgarlik ko‘rdik, deb hisoblaymiz. Albatta, ijobiy va salbiy tomonlari, anomal ob-havo sharoitlari bor, shunday qilib biz barcha ob-havoga tayyormiz,” deya ta’kidladi.

Gaz zaxirasi

Ma’lum bo‘lishicha, qish mavsumi uchun yerosti gazni saqlash omborlariga 5,1 mlrd. kub metrdan ortiq gaz zaxirasi jamlangan. Solishtirish uchun, bu o‘tgan yilgi hajmlarga nisbatan 1,1 mlrd. kub metr ko‘proq degani. Ma’lumot uchun, 2023-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida O‘zbekistonning “Gazli” va “Xo‘jaobod” yerosti gaz omborlari 98 foizga to‘lgani ma’lum qilingan.

Oqlanmagan va’dalar

O‘tgan yili ham davlat rahbari mamlakat energetika tizimi mas’ullaridan “Biz ob-havoning har qanday injiqligi va anomal sovuqqa tayyormiz,” degan va’dani olgan edi. Shunga qaramay, sovuq havo oqimining kirib kelishi vaji bilan qator korxona va tashkilotlarga elektr energiyasi uzilishi haqida ogohlantirish xatlari yuborilgan, metan zapravkalarining ishlash vaqtlariga esa dekabrdan boshlab cheklov kiritilgan edi.