$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy ID-kartalarini o‘zaro tan olish taklifini ilgari surdi

President

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni vaqt Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘lib turibdi. 

 “Oltin Qiron” ordeni 

Dastlabki kun Oqo‘rda qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning tor doiradagi uchrashuvi bo'lib o‘tdi. Tashrif dasturi doirasida Ostona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Qozog‘iston Respublikasining "Oltin Qiron" ordeni bilan taqdirlandi. Ushbu orden Qozog‘istonning oliy davlat mukofoti hisoblanadi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni

Bugun, 9-avgust kuni Ostonada Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Maslahat uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mintaqa davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishonini tantanali topshirish marosimi ham o‘tkazildi.

Milliy ID-kartalarni o‘zaro tan olish

Prezident Shavkat Mirziyoyev Maslahat uchrashuvida bir qator masalalarga to‘xtalib, dolzarb takliflarni ilgari surdi. O‘zbekiston rahbari turistik almashuvni kengaytirish maqsadida “Bitta tur – butun mintaqa” tamoyili bo‘yicha milliy ID-kartalarni o‘zaro tan olish va ommaviy turistik mahsulotlarni ishlab chiqish masalalarini o‘rganib chiqishni taklif qildi. 

Biz sanksiyalar siyosatining asiriga aylandik – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Maslahat uchrashuvidagi nutqida Yaqin Sharqda sodir bo‘layotgan voqealarning Markaziy Osiyoga ta’siriga to‘xtaldi. “Ukraina atrofida va Yaqin Sharqda sodir bo‘layotgan voqealar mintaqaning barqaror rivojlanishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmoqda. An’anaviy savdo va transport zanjirlari buzildi. Biz sanksiyalar siyosatining asiriga aylandik, logistika xarajatlari sezilarli darajada oshdi, inflyatsiya bosimi kuchaymoqda. Jahon kapital bozorida imkoniyatlar qisqarmoqda, proteksionizm kuchayib, yangi-yangi to‘siqlar paydo bo‘lmoqda. Shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, Markaziy Osiyoning buguni va kelajagi, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi ko‘p jihatdan umumiy sa’y-harakatlarimizga, yaqindan hamkorlik qilish, qat’iy choralar ko‘rish va mintaqa manfaatlarini birgalikda ilgari surishga tayyorligimizga bog‘liq”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Теги :
Iqtisodiyot