$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 15-avgustning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Qaysi nodavlat oliygohlarning filiallari mavjud?

Bugungi kunda Respublika miqyosida 100 ga yaqin nodavlat oliygohlar qonuniy faoliyat olb bormoqda. Tahririyatimiz o'rganishlari bo'yicha bugungi kunda 9 ta oligohning boshqa hududda filiallari mavjud. Bular,

1. Qo'qon universiteti Andijonda;

2. Kimyo xalqaro universiteti Samarqand va Namanganda;

3. Profi universiteti Navoiyda;

4. Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti Farg'onada;

5. Zarmed universiteti - Samarqandda;

6. ISFT Instituti Samarqandda;

7. Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Namanganda;

8. Qarshi iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqandda;

9. Toshkent gumanitar fanlar universiteti filiali Toshkent shahrida faoliyat olib bormoqda. 

Samarqandda ichki turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 21-avgust kuni soat 10:00 da Samarqand shahri “Hunarmandlar markazi”da “Ichki turizm yarmarkasi” bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Mazkur yarmarkada ichki turizm sohasida faoliyat yurutivchi turoperatorlar, turagentlar, joylashtirish vositalari (mehmonxona, hostel, mehmon uyi) va boshqa turizm sohasi vakillari ishtirok etadi.

Yarmarka davomida respublikamiz hududlaridan tashrif buyurgan ichki turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari bilan davra suhbatlari, madaniy ko‘ngilochar dasturlar va Samarqand viloyatining diqqatga sazovor joylariga infoturlar tashkil qilinadi.

O‘zbek kinorejissyori Yevropada “Faxriy Akademik” unvoniga sazovor bo‘ldi

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda “O‘zbektelefilm” davlat muassasasi tomonidan ishlangan, Muzaffarxon Erkinov kinorejissyorligida suratga olingan “Puankare” badiiy filmi Bolgariya kino, televideniye va internet Akademiyasi tomonidan bosh mukofoti GRAN-PRIga “Badiiy film uchun eng yaxshi rejissyorlik ishi” yo‘nalishida munosib ko‘rildi.

Hukumat faoliyatining mas’uliyati va ochiqligini oshirishga qaratilgan qonun ma’qullandi

Hukumat faoliyati yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilib, uning zamonaviy sharoitda samarali ishlashini ta’minlashga qaratilgan huquqiy asos yaratilmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun shu maqsadga qaratilgan. Qonun bilan Vazirlar Mahkamasining vazifa va vakolatlariga doir bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar mustahkamlanmoqda. Xususan, ijro etuvchi hokimiyatning iqtisodiyot, byudjet, moliya, soliq, ijtimoiy, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohalaridagi vakolatlari aniq belgilanmoqda.  

Qonunda Hukumat faoliyatining mas’uliyati va ochiqligini oshirishga qaratilgan qator muhim o‘zgarishlar aks etgan. Jumladan, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va vazirlar har yili Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga mamlakatimiz hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan hisobot taqdim etishi nazarda tutilgan.  

Теги :
Jamiyat