$
 12775.02
34.0
 14090.85
28.59
 134.60
0.22
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 31-mayning eng muhim voqealari dayjesti

5 31

“Tour of Bo‘stonliq” poygasi

Toshkent viloyatida veloshosse bo‘yicha “Tour of Bostonliq” ko‘pkunlik poygasi o‘z yakuniga yetdi. Kunning ikkinchi yarmida o‘tgan erkaklar o‘rtasidagi uchinchi bosqich poygasidan so‘ng umumiy hisobdagi g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Yakunda kuchli beshlik quyidagicha ko‘rinish oldi:

Jami 342 km:

1. Segsh-Bayar Batsayxan (Mo‘g‘uliston) - 8:07:36

2. Steven Uilyamsen (Niderlandiya) - (+0:28 soniya)

3. Jambaljams Sainbayar (Mo‘g‘uliston) - (+0:53)

4. Murodjon Xolmurodov (O‘zbekiston) - (+0:56)

5. Dmitriy Bocharov (O‘zbekiston) - (+1:00)

“Qorako‘l”da ilk zavod

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi arafasida “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasida “Enpipe” korxonasi ishga tushirildi.

Umumiy qiymati 58 million dollar bo‘lgan loyiha to‘liq xorijiy investitsiya hisobidan amalga oshirildi. Xitoy, Turkiya, Niderlandiya va Ispaniyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilib, yiliga 300 ming tonna metall quvurlar ishlab chiqarish tashkil etildi.

To‘g‘ri chokli uslubda tayyorlanuvchi bu quvurlar yuqori bosimga va tashqi ta’sirlarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Ilgari bunday mahsulotlar, asosan, xorijdan olib kelinar edi. Tashishda quvurlar hajmi ko‘p joy egallagani uchun narxi ham qimmatga aylanardi. 

Bir toifa uchun jamoat transportlari tekin bo‘ldi

Parlament quyi palatasining majlisida “Ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari Sirojiddin Abdullayev hujjat loyihasi haqida batafsil ma’lumot berdi:

— Mazkur qonun loyihasi bilan Soliq kodeksi hamda 7 ta qonunga o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Xususan, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblashda davolash muassasasining xulosasini chiqarib tashlash belgilanmoqda. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilganlarga shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqini berish ko‘zda tutilyapti. 

15 ta davlat bilan tajriba almashish imkoni

Qozog‘istonning Almati shahrida BMT, “Astana Hub” va Janubiy Koreyaning Milliy axborot jamiyati agentligi hamkorligida “Raqamli hukumat va raqamli transformatsiyaning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash” mavzusida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada yurtimizdan bir guruh soha mutaxassislari ishtirok etdi.  

Anjumanda 15 ta davlat jumladan, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Kambodja, Laos, Mo‘g‘uliston, Filippin, Shri Lanka, Vetnamdan kelgan ekspertlarning ma’ruzalari tinglandi