$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 27-martning eng muhim voqealari dayjesti

3 27

Arxiv raqamlashtirilmoqda

Kadastr filiallaridagi arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini yuritish maqsadida 2024-yil – Davlat kadastrlari palatasida “Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini to‘g‘ri yuritishni yo‘lga qo‘yish yili” deb e’lon qilindi va hududlarda ishchi guruhlar tashkil etilib, kadastr yig‘ma jildlarining mavjudlik holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunda DKP Toshkent shahar boshqarmasining Sergeli, Yakkasaroy, Mirobod va Chilonzor tuman filialidagi idoraviy arxivida saqlanayotgan ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘ma jildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish bo‘yicha reja-grafigi tasdiqlandi.  

Yo‘l bo‘yidagi maktablar oldiga kameralar o’rnatilmoqda

Joriy yilning 25-martida Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O’zbekistonda yo’l bo’yida joylashgan maktablar oldida, to’rt tasmali yo’lning piyodalar o’tish joylarida va tez-tez YTH yuz beradigan hududlarda foto va video qurilmalari o’rnatish boshlanadi

https://uza.uz/posts/583181

Toshkent shahar hokimligi uchun 7,5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi

“Mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi va unga ko’ra Toshkent shahar mahalliy byudjetining zaxira jamg’armasi mablag’lari hisobidan 7 349 756 400 so’m shahar hokimligi uchun ajratiladi.

Bulardan, xizmat avtomobillariga yonilg‘i quyish uchun 690 million so‘m, ularga texnik xizmat ko‘rsatish uchun 150 million so‘m, majlis zallari uchun gilam xarid qilishga 100 million so‘m, maxsus VIP uchun mebellar jamlanmasiga 150 million so‘m, liftlarga xizmat ko‘rsatishga 62 million so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.  

Ish o‘rinlari yaratildi

Toshog‘alik mahallasida 538 ta xonadon bo‘lib, 2726 nafar yurtdoshlarimiz yashamoqda. Undagi ishsizlar ro‘yxatga olingach yangi yo‘nalishlar ochildi.  

–Aslida mahallamizda kulolchilik, chinnichilik rivojlangan. Lekin har bir xonadon qiziqishiga qarab tadbirkorligiga ko‘maklashyapmiz, issiqxona qurib beryapmiz, - deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Adhamjon Azizov. – Mahallada bo‘sh turgan bino bor edi, unga 40 ga yaqin tikuv mashinalari qo‘yilgan va Ulug‘bek Abdullajonovlar oilaviy korxona ochdilar. Uyda o‘tirgan deyarli har bir ayol tikuvchilikka moyil. Ularni tez fursatda o‘qitib o‘rgatdilar. Xom ashyo – mato keltirishdan avval bozor, ya’ni ehtiyoj tahlil qilindi, mijoz, xorijdan importer izlab topildi. Shundan keyingina buyurtma asosida kiyim tikish boshlandi.