$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 20-dekabrning eng muhim voqealari dayjesti

20-dekabr dayjesti

Ishlamay qolayotgan elektron gaz hisoblash uskunalaridagi muammolar bartaraf etilmoqda

“Hududgazta'minot” batareykalari ishlamay qolayotgan aqlli elektron gaz hisoblash uskunalari yuzasidan munosabat bildirdi.

“Hududgazta'minot” ijtimoiy tarmoqlarda gaz hisoblagichlarining “batareyka"lari haqida e’lon qilingan murojaatlar yuzasidan quyidagilarni malum qildi.

Qayd etilishicha, mutaxassislar tomonidan iste’molchilardagi (“batareyka” yoki aloqadagi muammo sabab) aloqaga chiqmayotgan elektron gaz hisoblash uskunalari (EGHU) monitoringi yuritilib kelinadi.

Ushbu monitoring asosida kamchilik aniqlangan EGHUlar respublikadagi 2 mingga yaqin mahalla gazchilari tomonidan o‘rganilib, muammolar hal etilmoqda.

Shu bilan birga iste’molchilarning “batareyka” yoki aloqa sim kartasi bilan bog‘liq murojaatlari zudlik bilan bartaraf etilmoqda.

Qayd etish kerak, iste’molchilarga o‘rnatilgan uskunalar xotirasi doimiy ravishda ko‘rsatkichlarni hamda 3 oylik (90 kunlik) kunlik va soatlik gaz sarfi hajmlarini saqlab borish imkoniga ega.

Shu o‘rinda “Hududgazta'minot” iste’molchilardan vaqti-vaqti bilan EGHU va shaxsiy kabinetdagi ko‘rsatkichlarni o‘zaro solishtirishni tavsiya qiladi. Ko‘rsatkichlar haqida “Hudud Gaz Ta’minot” mobil ilovasi orqali yoki shaxsiy kabinet orqali ma’lumot olish mumkin.

Agar uskuna va shaxsiy kabinetdagi ko‘rsatkichlar farq qilsa yoki hisob-raqamdagi mablag‘lar o‘zgarishsiz qolganini sezilsa, darhol 1104 qisqa raqamiga yoki mahalla gazchisiga murojaat qilish kerak.

Meva-sabzavotni qayta ishlash uchun xarid qilingan uskunalarga 1 milliard soʻmgacha subsidiya ajratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda ta’kidlanishicha, tadbirkorlar meva-sabzavotni asosan tomorqadan olayotgani uchun eksportga bir turdagi mahsulotni uzluksiz va sifatli yetkazib berishga qiynalmoqda. Shuning hisobiga eksportdan tushum ham past.

Kelgusi yilda 3,5 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qilish uchun barcha imkoniyatlar borligi taʼkidlandi. Shu bois, 1 million gektar meva-sabzavot yerlari 760 ta urugʻ beruvchi va 824 ta eksportchi korxonaga bogʻlandi. Shuningdek, Toshkent viloyati va Namanganda yangi tajriba boshlanmoqda. Bunda paxta-gʻalladan qisqaradigan yerlar 50 gektargacha yirik lotlarda auksionga qoʻyilib, sanoatlashgan plantatsiya qilish uchun professional investorlarga sotiladi.

Bu yerlardagi 20 sotixgacha maydonda “shok” usulida muzlatkich, kalibrovka va qadoqlash sexlari qurishga ruxsat beriladi. Yetishtirilgan meva-sabzavotni qayta ishlash uchun xarid qilingan uskunalarga 1 milliard soʻmgacha subsidiya ajratiladi.

Farg‘onadagi AYoQShda yuz bergan hodisa yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi

Kuni kecha, Farg‘ona shahar A.Yassaviy ko‘chasida joylashgan “Fargona Layli Nahor” xususiy korxonasiga qarashli AYoQShda avariya holati natijasida alangalanish sodir bo‘ldi.

Ushbu holat bo'yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O'zbekiston Ekologik partiya fraksiyasi a'zosi Javlon Abdullayev tomonidan AYoQShni loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish ishlari qonun normalariga muvofiq amalga oshirilganligiga aniqlik kiritish, bunday hodisalar boshqa takrorlanmasligi va ularni oldini olish masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga deputat so‘rovi yuborildi, deb xabar bermoqda O'zbekiston Ekologik partiyasi matbuot xizmati.

Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlib kirish boʻyicha AQSh bilan muzokaralarni yakunlandi

AQSh Savdo vakili Ketrin Tay AQSH maʼmuriyati Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishini qoʻllab-quvvatlayotgani haqida bayonot berdi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish yoʻlida olib borayotgan harakatlari doirasida tovarlar va xizmatlar boʻyicha ikki tomonlama bozorga kirish muzokaralarining yakunlanganini eʼlon qildi.

Shuningdek, u oʻz bayonotida Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi boʻyicha doimiy saʼy-harakatlarini eʼtirof etgan.

“AQSh Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish saʼy-harakatlari doirasida Oʻzbekiston bilan tovar va xizmatlar bozoriga kirish boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlanganini eʼlon qilishdan mamnun. Oʻzbekiston 1994-yilda JSTga aʼzo boʻlish uchun ariza topshirdi va 2020-yilda JSTga aʼzo boʻlish yoʻlida faol ish boshladi. Oʻzbekistonning muzokaralarni ilgari surish boʻyicha qatʼiy majburiyatlari soʻnggi ikki yil davomida sezilarli yutuqlarga erishdi, jumladan, ikki tomonlama kelishuvimiz muvaffaqiyatli yakunlandi”, deyiladi bayonotda.

Теги :
Jamiyat