$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Plastiklar salomatlik va dunyo ekologiyasiga xavf solmoqda

plastik

Plastik idishlar qulay va arzon, lekin ularning salomatlikka ta’siri haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Yaqinda olib borilgan tadqiqotlar plastik mahsulotlarda salomatlik uchun jiddiy xavflar borligini yana bir bor isbotladi.

Plastiklarning salomatlikka ta’siri

The Washington Post ma’lumotiga ko‘ra, plastik konteynerlar va shishalarda 16 000 dan ortiq kimyoviy modda aniqlangan. Ulardan 4 200 tasi sog‘liq uchun xavfli bo‘lib, turli muammolar, jumladan:

Gormonal muvozanat buzilishi – Plastik toksinlar endokrin tizimga ta’sir qilib, organizmdagi gormonlar ishlab chiqarish jarayonini buzishi mumkin.

Rak xavfining ortishi – Ayrim moddalar kanserogenlikka ega bo‘lib, hujayralarning shikastlanishiga olib keladi.

Immunitet tizimiga zarar – Plastikdan ajralgan moddalar organizmning viruslarga va bakteriyalarga qarshi kurashish qobiliyatini pasaytiradi.

Maxsus yozuvli plastiklar ham xavsiz emas

Shuningdek, mikroto‘lqinli pechda ovqatni plastik idishda isitish toksinlarning ajralib chiqishiga olib keladi. Hatto “mikroto‘lqinli pechga mos” deb belgilangan idishlar ham xavfsiz emas. Plastik butilkalar takroran ishlatilganda ulardagi mikroplastik zarrachalar suvga o‘tib ketadi. Shuningdek, tozalash qiyin bo‘lgan bakteriyalar uchun qulay muhit yaratiladi. Shuningdek, “Bisfenol-A (BPA)siz” yozuvi barcha xavflardan himoya qilmaydi. BPA o‘rniga ishlatiladigan boshqa moddalar ham sog‘liq uchun zararli bo‘lishi mumkin.

Plastikni butunlay tark etish qiyin bo‘lishi mumkin, lekin uni kamaytirish uchun ba’zi oddiy qadamlarni amalga oshirish mumkin. Masalan, shisha konteynerlar ovqat saqlash uchun xavfsiz, toksinlar ajratmaydi va uzoq muddatli. Ular chiroyli dizaynda, ham funksional, ham zamonaviy ko‘rinishga ega. Sifatli termoslar va boshqa ekologik materiallardan tayyorlangan idishlar ham plastikka muqobil bo‘lishi mumkin. Mahsulotlarni o‘rash uchun esa plastikdan ko‘ra qog‘oz yoki boshqa qayta ishlangan materiallarni tanlang.

Tabiat va salomatlikni asrash o‘z qo‘limizda

Faqatgina salomatlik emas, plastikni kamaytirish tabiat uchun ham katta foyda keltiradi. Plastik chiqindilar butun dunyo bo‘ylab atrof-muhitni, suv havzalarini va hayvonlarni zararlayapti. Uning ishlab chiqarilishini kamaytirish kelajak avlodlar uchun toza muhit yaratishga yordam beradi.