$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Inson miyasidan topilgan mikroplastiklar delfinlar nafasidan ham chiqa boshladi

delfin dolphin

The Conversation jurnalisti Lesli Xart va Miranda Dziobak tomonidan olib borilgan tadqiqot shisha burunli delfinlarning nafas olishida mikroplastik zarralarni topib, plastik ifloslanish darajasini taʼkidladi

Mikroplastmassa oʻzi nima?

Mikroplastmassa — bu uzunligi 5 millimetrdan kam bo‘lgan har qanday plastmassa bo‘lib, uni sanoat chiqindilari va kosmetika mahsulotlarida topish mumkin, shuningdek, kattaroq plastik chiqindilar parchalanganda ham hosil bo‘ladi. 

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, okeanlarda 170 trillionga yaqin mikroplastmassalar mavjud.

Qanchalik zararli?

Ushbu plastik zarralar inson tanasidagi tabiiy gormonlar ishlab chiqarishni buzadigan kimyoviy moddalarni o‘z ichiga oladi, bu reproduktiv kasalliklar va saratonning ayrim turlari xavfini oshiradi.

Delfinlar shunga oʻxshash plastik zarralarni nafas olayotgani sababli ular ham bu xavflarga duch kelishi mumkin. Bundan tashqari, plastmassa tarkibidagi kimyoviy moddalar odamlar va delfinlar kabi dengiz sutemizuvchilarning reproduktiv, yurak-qon tomir va asab funksiyalariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Inson miyasigacha

Eslatib oʻtamiz, avvalroq hid bilish piyozchasi orqali “mikroplastiklarning miyagacha yetib borishi uchun yo‘l” borligi haqida xabar bergan edik. O‘shanda Germaniya va Braziliya olimlari ilk bor inson miyasida mikroskopik mikroplastiklarni topishgandi. Olimlar Braziliyaning San-Paulu shahrida vafot etganlarning miya to‘qimalarini o‘rganishgan. Marhumlarning yoshi 33 yoshdan 100 yoshgacha bo‘lgan.

15 nafar marhumdan 8 nafarining miya hid bilish piyozchasida jami 16 ta sintetik polimer (plastik) zarralari va tolalari topilgan. Ehtimol, bu zarralar inson tanasiga hayoti davomida kirgan, chunki kichik suzib yuruvchi mikroplastiklar hamma joyda mavjud.