$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

“Darsini nazorat qilmayman”, “muvaffaqiyatga erishishiga ko‘zim yetmaydi”: o‘zbek ota-onalari farzand tarbiyasida qanchalik mas'uliyatli?

parenting

Ota-onalarning farzandi kelajagiga mas’uliyat bilan yondashuvi bolaning yaxshi kamol topishi va muvaffaqiyatga erishishidagi muhim omildir. Ota-onalar farzandining hayoti va ta’lim-tarbiyasida faol ishtirok etsa, bolaning o‘sishi va rivojlanishi uchun maqbul muhitni ta’minlay oladi.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari O‘zbekistonda ota-onalarning farzand tarbiyasi va ta’lim olishidagi ishtirokini aniqlash maqsadida 7-22 yosh oralig‘idagi farzandlari bor ota-onalar orasida so‘rov o‘tkazdi. So‘rovda 3602 nafar ota-ona ishtirok etdi (N=3602), ularning o‘rtacha yoshi 43 yosh. Respondentlarning 75 foizini ayollar, 25 foizini esa erkaklar tashkil etdi.

Farzand tarbiyasiga kim eng ko‘p ta'sir o‘tkazadi?

Respondentlarning fikriga ko‘ra, farzand tarbiyasiga onasi, otasi va aka-ukalari eng ko‘p ta’sir o‘tkazadi. 12,8 foizi o‘qituvchilarning ham ta’siri borligini ta’kidlagan.

Farzandingiz kelajagini qanday tasavvur qilasiz?

Farzandingiz kelajagini qanday tasavvur qilasiz, degan savolga respondentlarning 78,4 foizi ma’lum bir kasbning mutaxassisi, 8,8 foizi moddiy ta’minlangan inson, 5,4 foizi tadbirkor, 5,3 foizi davlat xizmatchisi, deb javob bergan bo‘lsa, 2,1 foizi biror narsaga erishishiga ko‘zim yetmaydi yoki tasavvur qila olmayman, deb javob bergan.

Farzandining bo‘lajak kasbi haqida suhbatlashmaydigan ota-onalar ham bor

So‘rov natijasiga ko‘ra, ota-onalarning 94,6 foizi farzandi kelajagi haqida o‘zaro suhbatlashib turishini, 86 foizi fikrlari bir-xil ekanligini ma’lum qilgan.

Ota-onalarning 97,8 foizi farzandi bilan uning bo‘lajak kasbi va qiziqishlari to‘g‘risida suhbatlashib turishini, 2,2 foizi esa umuman bu haqida suhbatlashmaganini bildirgan. Ularning 64,5 foizi qiz farzandning ota-onasi, bo‘lib 40 foizi oliy ma’lumotga ega.

Ota-onalarning 83,4 foizi farzandi tanlagan kasbni ma’qullashini, 1,7 foizi umuman ma’qullamasligini aytgan.

Yoshlar qaysi kasbni egallashni xohlaydi?

So‘rov natijalariga ko‘ra, yoshlarning 20,7 foizi shifokor, 18,2 foizi o‘qituvchi, 15,0 foizi jurnalist, 10,5 foizi iqtisodchi, 7,8 foizi IT-sohasi, 5,2 foizi tadbirkor, 5,3 foizi moliyachi va 1 foizi huquqshunos bo‘lish istagida.

Qiz bolalar asosan shifokor (24,3 foiz), o‘qituvchi (22,5 foizi), jurnalist (21,1 foiz) va iqtisodchi (7 foizi) bo‘lishni rejalashtirmoqda.

O‘g‘il bolalar esa iqtisodchi (17,5 foiz), IT-mutaxassisi (14,3 foiz), moliyachi (8,4 foiz), tadbirkor (8,2 foiz) va sportchi (4,4 foiz) bo‘lish istagini bilidrgan.

O‘zi qaysi kasblarga talab yuqori?

Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, bugungi kunda nafaqat O‘zbekiston mehnat bozori balki butun dunyoda aynan shifokor va o‘qituvchilarga talab juda yuqori, shuningdek, IT-sohasi mutaxassislariga ham talab baland, lekin shunga qaramay taklif ham juda yuqori.

Biroq iqtisodchilarga talab yuqori emas. Mehnat bozorida marketolog, menejer va muhandislarga talab yuqori bo‘lishiga qaramay so‘rovda ishtirok etganlar orasida ushbu kasblarni tanlaganlar deyarli yo‘q. Bu esa o‘z navbatida yoshlar va ota-onalar orasida mehnat bozori tendensiyalari to‘g‘risida ma’lumotlar yetarli darajada emasligidan dalolat beradi.

Теги :
Жамият