$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Paralimpiya o‘yinlarining ilk kunida O‘zbekiston 2 ta medalni qo‘lga kiritdi

paralimpiya

To‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasining ilk kunini delegatsiyamiz bittadan kumush va bronza medali bilan boshladi. Hozirda O‘zbekiston medallar jadvalida 18-o‘rinda turibdi.

Birinchi medal sohibasi

O‘zbekiston delegatsiyasidan joriy Paralimpiya o‘yinlaridagi ilk medalga Parij-2024 para suzuvchisi Muslima Odilova mualliflik qildi. S13 klassida ishtirok etgan hamyurtimiz 100 metrga batterflay usulida suzish dasturida marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ayollar o‘rtasidagi bahslarda Muslima Odilova 1:05.43 natija qayd etdi hamda bronza medali bilan taqdirlandi. Ushbu yo‘nalishda yana bir vakilimiz Shohsanam Toshpo‘latova marraga sakkizinchi bo‘lib yetib keldi. Erkaklar o‘rtasidagi mazkur masofadagi bellashuvlarda hamyurtlarimiz Muzaffar Tursunxo‘jayev 5, Kirill Pankov esa 6-bo‘lib marraga yetib keldi.

Taekvondochi Ziyodaxon – kumush medal sovrindori

Yana bir hamyurtimiz Ziyodaxon Isoqova esa ikkinchi medalni keltirdi. Para taekvondochi Ziyodaxon Isoqova Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining shohsupasidan joy oldi. -47 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz finalda perulik Leonor Karransaga qarshi murosasiz kechgan bahsda 4:10 hisobida imkoniyatni boy berdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.