$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Har yili 100 nafar nogironligi bo‘lgan sportchilar va ularning murabbiylari malaka oshirish uchun xorijga yuboriladi

para

Prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektrda parasportchilar, ayniqsa nogironligi bo‘lgan qizlarning imkoniyatiga qarab, boshqa sportchilar bilan birga shug‘ullanishiga sharoit yaratish haqida ko‘rsatmalar berildi. Unga muvofiq, endilikda hududlarda 39 ta sport maktabi parasport turlariga ixtisoslashadi.

Yilda 2 marta “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasi o‘tkaziladi

Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq, endilikda yilda ikki marta hududlarda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. Tuman va viloyat sovrindorlarini hokimlar rag‘batlantirib boradi.

Viloyat bosqichi g‘oliblari har yili 10-20-dekabr kunlari Olimpiya shaharchasida o‘tkaziladigan Prezident olimpiadasida ishtirok etadi.

Musobaqa g‘oliblari uy, avtomobil kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan sportchilar Respublika olimpiya va paralimpiya markaziga qabul qilinadi.

Bunda 1-2 kurs o‘quvchilariga stipendiya to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.

Joylarda yosh iqtidorlarni aniqlab, ularni tayyorlaydigan insonlar – birinchi murabbiylardir.

Sportchilarning murabbiylari ham rag‘batlantiriladi

Bugungi kunda sportchilarni erishgan natijasi uchun faqat sport maktablari yoki terma jamoa murabbiylari rag‘bat olyapti. Prezident bu adolatdan emasligini qayd etib, endilikda sportchilarni yetishtirib chiqargan birinchi murabbiylarga sportchilar va terma jamoa murabbiylari uchun ko‘zda tutilgan rag‘batning 10 foizgacha qismini mukofot sifatida berilishini ta’kidladi.

Hududlardagi 39 ta sport maktabi parasport turlariga ixtisoslashadi

So‘nggi uch yilda parasport bilan muntazam shug‘ullanuvchilar 4 karra ko‘payib, 7 mingdan oshdi, ayol parasportchilar ulushi 29 foizga yetgan. Ilgari bu toifadagi yoshlar uchun atigi 33 ta maktabda sport to‘garaklari bor edi, bugun bunday maktablar soni 235 taga yetdi.

Shu bilan birga, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportchi qilib tayyorlashda ilmga asoslangan metodika, standartlar, o‘quv adabiyotlari yetishmasligi, sodda qilib aytganda, sog‘lom sportchilar uchun talablar shunday ko‘chirilib qo‘yilgani sababli bu sohada “katta sakrash” bo‘lmayotganligi ta’kidlandi.

Shu bois har yili kamida 100 nafar nogironligi bo‘lgan sportchilar va ularning murabbiylari malaka oshirish uchun xorijga yuboriladi. 

Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan yoshlarni sport bilan qamrab olish bo‘yicha ilmiy asoslangan metodika va standartlarni ishlab chiqadi. Universitetning Toshkentdagi filialida adaptiv sport bo‘yicha alohida fakultet ochiladi.

Shuningdek, hududlardagi 39 ta sport maktabi parasport turlariga ixtisoslashadi.

Parasportchilar, ayniqsa nogironligi bo‘lgan qizlarning imkoniyatiga qarab, boshqa sportchilar bilan birga shug‘ullanishiga sharoit yaratish muhimligi ta’kidlandi.

Yoshlar musobaqa natijasiga qarab emas, sport normativlarini bajarishiga qarab ham terma jamoaga qabul qilinadi

Sportchi va parasportchilarni tayyorlaydigan murabbiylarga malaka sertifikati berish va ularni qayta tayyorlash tizimi soddalashtiriladi.

Bu toifadagi yoshlardan terma jamoalarni shakllantirish bo‘yicha seleksiya tizimi boshqa sportchilar bilan bir xil bo‘lib qolgani ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, bugungi kunda faqat respublika musobaqalari sovrindorlari terma jamoaga qabul qilinayapti.

Nogironligi bo‘lgan sportchilar uchun bu tizim mutlaqo o‘zgartiriladi. Bundan buyon yoshlar musobaqa natijasiga qarab emas, balki sport normativlarini bajarishiga qarab ham terma jamoaga qabul qilinadi. Sport musobaqalari va sport yig‘inlarini tashkil qilishda olimpiya va paralimpiya tizimiga o‘tiladi. Endi qayerda qanday chempionat bo‘lsa, unga yonma-on parasport musobaqasi ham o‘tkaziladi, yig‘inlar ham birgalikda tashkil qilinadi.

Bu haqiqiy inklyuziv tizimga aylanadi, nogironligi bor sportchilar uchun motivatsiya va rag‘bat bo‘ladi.