$
 12938.11
18.11
 14076.66
-25.52
 149.99
0.47
weather
+26
Кечаси   +14°

1 grammi qariyb 1,2 million so‘m: O‘zbekistonda oltin quymalari narxi rekord darajada oshdi

oltin quyma

O‘zbekistonda bugun, 3-fevral kuni oltin quyma va esdalik tangalar narxi rekord darajada oshdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Bir gramm oltinning narxi qancha?

Bir gramm oltin hozirda 1 million 197 ming 760 so‘mga baholanmoqda. Bu 3 kun avvalgi, 31-yanvardagi narxdan 780 so‘mga ko‘p. Besh grammlik oltin quymaning narxi 5 million 989 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonda 2025-yil 17-yanvardan boshlab 100 grammlik oltin quymalar ham sotuvga chiqarilgan edi. Ularning narxi 3-fevral holatiga ko‘ra 119 million 776 ming so‘mni tashkil qiladi:

10 gramm oltin quyma narxi 11 million 978 ming som;

20 gramm oltin quyma narxi 23 million 955 ming so‘m;

50 gramm oltin quyma narxi 59 million 888 ming so‘mga teng bo‘ldi.

Oltin quymalari haqida

Oltin quymalar – og‘irligi 5, 10, 20, 50 va 100 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi qimmatbaho metallardan tayyorlangan mahsulotlardir. Ular maxsus himoya qadoqlarida sotuvga chiqariladi, bu qadoq sertifikat vazifasini bajarib, har bir quymaning o‘ziga xos seriya raqami bo‘lishini ta’minlaydi.

Bu quymalarni uyda yoki banklarda saqlash mumkin, shuningdek, individuall yacheykalarni ijaraga olish orqali xavfsizlikni ta’minlash mumkin. Oltin narxi hafta davomida bir necha marta o‘zgarishi mumkin va uni faqat banklarga sotish mumkin.

Oltinga sarmoya kiritish qanchalik xavfsiz?

Oltin – global iqtisodiy beqarorlik, giperinflyatsiya yoki moliyaviy inqiroz sharoitida ham nol darajada qadrsizlanmaydigan aktiv hisoblanadi. Shu jihatdan u valyuta va qimmatli qog‘ozlarga qaraganda ishonchliroq sarmoya sanaladi. Biroq oltin narxi juda o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatli investitsiya sifatida u har doim ham daromad keltirishiga kafolat yo‘q. Shu sababli, oltin odatda uzoq muddatli investitsiya (10-20 yil va undan ortiq) sifatida tavsiya etiladi. Ko‘pincha, uzoq muddat davomida oltinning qiymati inflyatsiyani ortda qoldiradi, bu esa uni kapitalni saqlab qolish uchun samarali vosita qiladi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot