$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Olimpiadada 40 dan ortiq sportchi COVID-19 bilan kasallandi

CoVID

O‘tgan haftada Olimpiadada sportchilarning 9 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar bergan edik. Olimpiadaning 12-kuniga kelib esa COVID-19 bilan kasallangan sportchilar soni 40 dan oshdi. Senadagi suzish esa zaharlanish bilan yakunlandi.

Sportchilarning kasallanishi tabiiy holat, chunki ko‘p davlatlarda koronavirus hamon davom etmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) vakili Mariya fon Kerkov brifingda Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida 40 nafar sportchi COVID-19 bilan kasallanganini ma’lum qildi va epidemiya boshqa mamlakatlarda ham tez sur’atda ko‘payayotganini ta’kidladi.

“So‘nggi oylarda, mavsumdan qat’i nazar, ko‘plab mamlakatlarda COVID-19 yuqtirish holatlari ko‘paygan, jumladan Olimpiya o‘yinlarida kamida 40 sportchi musbat natija qayd etilgan. Shu bois mamlakatlar o‘zlarining himoya tizimlarini yaxshilashlari kerak,” - dedi u.

Senadagi zaharlanish

Shuningdek, "Euronews" nashrining xabar berishicha, yaqinda triatlonchilar musobaqada suzish paytida Sena suvidan zaharlanishdi. Mikrobiologlar daryoda suzish xavfli ekanligi, chunki parijliklarning o‘zlari XIX asrda Parijning asosiy suv arteriyasidan ichishni to‘xtatgan va 100 yillardan beri u yerda suzish taqiqlaganini ma’lum qildi.

Sena daryosi sanitariya talablariga javob bermaydimi?

Mikrobiologlar va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti to‘rt yillik yubiley arafasida sanitariya me’yorlariga e’tiborsizlik haqida fikr bildirdi.

O‘z navbatida, Parij shahar hukumati va Olimpiya tashkilotchilari daryoni tozalashga katta mablag‘ sarflashgan va oxir-oqibat suzish musobaqasini o‘tkazishga qaror qilishdi, ammo bu hali ham xavotirli bo‘lib qolmoqda.

Теги :
Jamiyat