$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Parij-2024: Sportchilar orasida koronavirusga chalinish holatlari kuzatilyapti

virus olimpiadada koronavirus

Parij Olimpiadasida hozirgacha jami 9 ta sportchida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ma'lumot uchun, Parij-2024 pandemiyadan keyingi tekshiruv va cheklovlarsiz ilk olimpiada hisoblanadi.

 Virusga chalingan atletlar musobaqadan chetlashtirilyaptimi?

“Today” nashrining xabar berishicha, shu haftaning o'zida 9 nafar sportchining koronavirusga chalingani ma'lum bo'ldi. Xususan, germaniyalik yengil atletikachi Manuel Eytelning koronavirusga tahlili musbat chiqqandan keyin o‘yinlarni tark etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘rnini Till Steynfort egallaydi. Eytel 27 yoshda va yengil atletika bo‘yicha Yevropa chempionatida (2024) umumiy hisobda yettinchi o‘rinni egallagan edi. Parij Olimpiadasida yengil atletika musobaqalari 1-11 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, suzuvchilar – buyuk britaniyalik Adam Piti va avstraliyalik Lani Pallister koronavirusga chalingandi. Olimpiada boshlanishidan oldin yana besh nafar avstraliyalik suv polochisida ham koronavirus aniqlangan edi.

Olimpiada to'xtatilishi mumkinmi?

Doktor Kavita Patel aytishicha, yetti kunlik davr ichida Olimpiada sportchilarining 5 foizi Covid bilan kasallansa, bu kasallikning keng tarqalishi deb hisoblanadi va qat'iy chora-tadbirlar ko'rishga sabab bo'ladi. Lekin mas'ullar hozirgi vaziyat ancha barqaror deya ta'kidlashmoqda.

Epidemiyani oldini olish maqsadida qanday choralar ko'rilmoqda?

Bu borada Xalqaro Olimpiya matbuot xizmati vahimaga o'rin yo'qligini, virus tarqalishining xavfi minimal ekanligini aytib o'tdi. Qo'mita: “Biz sportchilarga va barcha boshqa ishtirokchilariga oddiygina shamollash paydo bo’lgan taqdirda ham qoidalarni doimiy eslatib turamiz: boshqalarning oldida niqob kiyish, masofani saqlash, muntazam ravishda antiseptikdan foydalanish. Olimpiya shaharchasining barcha turar-joylarida ushbu vositalar saqlanadigan. stansiyalar mavjud. Sportchilar salomatligi va xavfsizligi biz uchun eng asosiy o'rinda. O’yinlarda yuqumli kasalliklarni, xususan, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida barcha kerakli amaliyotlar qo'llanmoqda,” - deya bayonot berdi.

Теги :
Jamiyat