$
 12677.04
32.03
 14122.22
64.76
 139.06
1.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Ochlik immun hujayralarining saratonga qarshi xususiyatlarini oshiradi – Tadqiqot

Ochlik

Yangi tadqiqotga ko‘ra, haftasiga ikki marta 24 soatdan ochlik holatida yurish “tabiiy qotil hujayralar” deb ataladigan o‘ziga xos immunitet hujayralarining saratonga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Saratonni davolashga bir qator imkoniyatlar eshigi

Natijalar kelgusida saratonni qo‘shimcha davolash uchun bir qator imkoniyatlarni ochib beradi. Tadqiqot Nyu-Yorkdagi MSK Saraton markazi olimlari tomonidan o‘tkazildi.

“O‘smalar juda och bo‘ladi, — dedi immunolog, tadqiqotning hammuallifi Jozef San. — Ular zaruriy oziq moddalarni “yeydi”, bu bilan ko‘pchilik immun hujayralari uchun zararli bo‘lgan lipidlarga boy dushman muhitni yaratadi. Tadqiqot ochlikning “tabiiy qotil hujayralar”ni ushbu bostiruvchi muhitda yaxshiroq omon qolish uchun qayta dasturlanib olishini ko‘rsatdi”.

“Tabiiy qotil hujayralar”ning vazifasi nima?

“Tabiiy qotil hujayralar” (NK) leykositlar bo‘lib, ular o‘z nomiga mos holda virus va saraton hujayralari bilan zararlangan boshqa hujayralarni yo‘q qiladi. Ularning asosiy vazifasi “bosqinchilar”ni yo‘q qilish bo‘lsa-da, NK-hujayralar zararli hujayralarga hujum qilishga signal berish uchun sitokinlar deb ataladigan oqsillarni chiqarish orqali boshqa immun hujayralar bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. Qanchalik ko‘p NK-hujayralari saraton o‘simtasiga kirib borsa, bemor uchun prognoz shunchalik yaxshi bo‘ladi.

Tadqiqot natijalari

“Tadqiqot davomida har bir ochlik siklida NK-hujayralar glyukoza o‘rniga yog‘ kislotalaridan muqobil yoqilg‘i manbai sifatida foydalanishni o‘rganganini ko‘rdik, — dedi tadqiqotning yetakchi muallifi Rebekka Delkonte. — Bu haqiqatan ham ularning saratonga qarshi ta’sirini optimallashtiradi, chunki o‘simta mikro muhitida yuqori konsentratsiyali lipidlar mavjud va ular bunday metabolik mashg‘ulotlar tufayli endi o‘simtaga kirib, u yerda yaxshiroq yashab qolishlari mumkin”.

Ochlikning ayrimlari foydali, ayrimlari esa zararli bo‘lishi mumkin

Olimlarning fikricha, ochlikning ko‘p turlari bor va ularning ba’zilari organizm uchun foydali, ayrimlari esa zararli bo‘lishi mumkin. Bemorlar o‘z shifokorlari bilan muloqotda bo‘lib, ularning individual holati uchun qay biri xavfsiz va foydali ekanligi haqida bilishlari kerak.

Теги :
Жамият