$
 12715.07
28.36
 14041.25
36.39
 139.71
0.62
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda koʻproq qaysi soha mansabdorlari pora bilan qoʻlga tushgan?

Pora

Joriy yil 22-avgust kuni Toshkent shahar korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari A.Urmanovning poytaxtda mansabdorlik va korrupsiya jinoyatlariga qarshi kurash borasida olib borilayotgan nazorat tadbirlari haqidagi hisoboti tinglandi.

185 ta jinoyat ishi

Xususan, poytaxt prokuraturasi organlarida 2024-yil 7 oyi mobaynida 217 nafar mansabdor shaxs va fuqarolar tomonidan korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etganligi yuzasidan 185 ta jinoyat ishi tergov qilingan.

Asosan qaysi sohalarda?

Ular asosan, huquqni muhofaza qilivchi organlari, oliy, xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, moliya, soliq, energetika, bank, hokimlik xodimlari, kadastr xizmati va ekologiya idoralarning mas’ul hamda mansabdor shaxslari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

93 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi 

Korrupsiya holatlarini fosh etish va aybdor shaxslarga jazo muqarrarligini ta’minlash borasida, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 81 ta tezkor tadbirlar o‘tkazilib, barchasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Jinoyat ishlari tergovi doirasida 93 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

 Hisobot yakunida korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi kurashda qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha Kengash qarori qabul qilinishi taklif etildi.

Теги :
Жамият