$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Narkotik savdosining ildizlarini jamiyatdan sug‘urib tashlash mumkinmi o‘zi?

positive

Tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan to‘da kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni respublikamizga olib kirish va tarqatish bilan shug‘ullangan.

Jinoiy guruh faoliyati

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari xodimlari tomonidan Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi, DXX va IIV vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ko‘p bosqichli tezkor tadbirlar davomida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni respublikamizga olib kirish va tarqatish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

"Do‘stlik" chegara bojxona posti orqali piyoda ravishda kirib kelgan yo‘lovchilardan birining qo‘l sumkasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda uning ichida go‘yoki kir yuvish poroshoklari deya ko‘rsatilgan, aslida esa jami 33 kg. og‘irlikdagi 11 dona qadoqda "pregabalin" kuchli ta’sir qiluvchi moddasiga o‘xshash modda yashirib qo‘yilgani aniqlandi. 

"Oloy" bozori atrofida tezkor-qidiruv tadbir 

Tezkor-qidiruv tadbirlari poytaxtimizning "Oloy" bozori atrofida davom ettirilib, ushbu poroshoklarni qabul qilib oluvchi 2 nafar shaxslar ham qo‘lga olindi.

Tezkor tadbirning navbatdagi manzillari Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 2 ta xonadon bo‘ldi. Bu yerda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini qo‘lbola usulda tayyorlash va qadoqlashga mo‘ljallangan yashirin laboratoriyalar tashkil qilingan bo‘lib, unda qiymati salkam 2,1 mlrd so‘mlik 56,5 kg.ga yaqin kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, 90 dona "Tropikamid", 1020 dona "Regapen" kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari, 15 ming dona "Regapen" bo‘sh kapsulalari va 11 ming dona "Tropikamid"ning bo‘sh idishlari hamda 24 dona laboratoriya jihozlari borligi aniqlandi. 

Tadbir yakuni

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar yakunida jami 7 mlrd 570 mln. so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari va ularni tayyorlashda ishlatiladigan prekursorlar hamda laboratoriya jihozlari daliliy ashyo tariqasida olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yana bir holat

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar B.X. va A.X. fuqaro M.X.ga jami 84 dona "Regapen" nomli inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 5 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlanib, A.X.ning yonidan yana 18 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi ya’ni kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Bunday miqdordagi giyohvand moddalari savdosi katta e’tiborni jalb etmaydi, ammo bu kichik "savdogarlar" qo‘liga og‘u qanday tushib qolgan?

Javobni esa chuqur ildiz otgan narkotik savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhlardan topish mumkin. Yuqoridagi kabi narkolaboratoriyalar ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 

Narkokuryerlar faoliyati

Bu jinoyat botqog‘ining yashirin oqimlari ijtimoiy tarmoqlardagi maxfiy guruhlargacha borib taqaladi. Ular orqali buyurtmalarni qabul qilib olgan narkolaboratoriyalar mehnatsiz mo‘may daromadni ko‘zlab yuradigan yoshlarni o‘z nishonlariga olishadi.

Bundan avval bir holatda Mirobod tumani Yangi zamon mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida yurgan shubhali shaxslarni mahalla inspektori tekshirib ko‘radi, ularning yonidan yaxshilab o‘ralgan 17 dona narkotik moddalari topilgan edi. 

Ular aslida shunchaki "piyodalar" bo‘lib, har bitta o‘ramdagi taqsimlangan narkotikni manzilga yetkazgazliklari uchun boryo‘g‘i 50 ming so‘mdan olishgan. 

Eng yomoni shundaki, ular ijtimoiy tarmoqlar orqali bunday ishlarga yollanib, kimga ishlashlarini ham bilishmaydi.

Теги :
Jamiyat