Bir guruh narkokuryerlar qo‘lga olindi
Ayblanuvchilar bir oydan buyon ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishlari ma’lum bo‘ldi.
1 daqiqa o‘qiladi

Giyohvand moddalarni yetishtirishdan tashqari ularni bu og‘u “qullari” qo‘liga yetkazib beruvchilar ham jamiyat uchun yaxshigina xavflidir.
Narko “dehqonlar” qo‘lga olindi
Shaharlar bo‘ylab narkotik moddalarni ekish, o‘stirish va olib kirishdan tashqari, ularni taqsimlab, narkotikka qul bo‘lib qolganlar uchun maxsus joylarga bekitib chiquvchi kichik kuryerlar ham juda xavflidir. Shunday yoshlardan yana bir guruhi qo‘lga olindi.
Donasiga 50 ming so‘mdan
Mirobod tumani Yangi zamon mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida yurgan shubhali shaxslarni mahalla inspektori tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lgan. Ular tekshirilganida yonlaridan yaxshilab o‘ralgan 17 dona narkotik moddalari topilgan.
Qo‘lga olinganlar bu ishlari uchun ularga har bitta o‘ram uchun 50 ming so‘m miqdorida to‘lanishini, biry oydan buyon narkokuryerlik bilan shug‘ullanib kelishlarini aytishgan.
Qonuniy jazo va tergov jarayonlari
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



