$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Yarim hazil, yarim chin: Ukraina harbiy yordam evaziga AQShga tuxum taklif qildi

tuxum

AQShdagi tuxum tanqisligi shunchalik jiddiy muammoga aylandi-ki, endi bu geosiyosiy muzokaralarga ham ta’sir qiladigan korinadi. Gap shundaki, Vashington Post nashrining xabar berishicha, Ukraina rasmiylari AQShdan harbiy va moliyaviy yordam olish uchun tuxum eksportini taklif qilgan.

AQShda tuxum nega qimmatlashib ketdi?

Bu taklif, albatta, yarim hazil, yarim chin ohangda aytilgan bo‘lsa ham, undan jiddiy siyosiy xulosa chiqarish mumkin. Ukraina AQSh yordamini saqlab qolish uchun deyarli har qanday muqobil variantni ko‘rib chiqishga tayyor. 

So‘nggi oylarda Qoshma Shtatlar bo‘ylab tuxum narxi osmonga chiqdi. Bunga asosiy sabab – mamlakatni qamrab olgan parranda grippi epidemiyasi. Epidemiya natijasida millionlab tovuqlar nobud bo‘ldi va tuxum ishlab chiqarish keskin tushib ketdi. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, tuxum tanqisligi yana bir necha oy davom etishi mumkin. Ba’zi hududlarda tuxum narxi bir necha barobarga oshgan. Masalan, Kaliforniyada tuxum narxi ikki baravardan ham ko‘proq oshdi. Nyu-York va Texas shtatlarida ham vaziyat o‘xshash. Hatto tuxum oltin kabi qimmatlashib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda memlar paydo bo‘ldi.

Bunday vaziyatda Yevropaning eng yirik tuxum eksportchilaridan biri Ukraina AQShga yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor.

Ukraina tuxum evaziga harbiy yordam olishni istayaptimi?

Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida AQSh va Ukraina rasmiylari o‘rtasida Ukraina uchun yangi yordam paketlari muhokama qilindi. Shuningdek, Tramp ma’muriyati Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam evaziga uning tabiiy boyliklarining 50 foiziga egalik qilishni talab qilgani haqida xabar tarqaldi.

Ushbu talab Ukrainada norozilik bilan qarshilandi. Rasmiylar AQShga butun mamlakat resurslarini topshirish fikridan yiroq ekanini bildirgan, biroq muqobil variantlar ustida ish olib borishayotganini ham yashirishmadi.

Ukrainalik amaldorlardan biri hazil tariqasida shunday degan: Mamlakat yetakchilari AQSh ko‘magini saqlab qolish uchun deyarli har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor, jumladan, ulkan hajmdagi ukrain tuxumlarini eksport qilishni ham. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada tuxum ortiqchasi mavjud bo‘lib, rasmiylar Qo‘shma Shtatlarda uning narxi keskin oshganidan yaxshi xabardor.

AQShning javobi

Hozircha AQSh rasmiylari Ukraina tuxumlarini harbiy yordamga alishtirish fikriga ochiqcha javob bergani yo‘q. Ammo mamlakatda tuxum taqchilligi davom etsa, Vashington Ukrainadan tabiiy resurslargina emas, balki tuxum yetkazib berish bo‘yicha ham muzokaralar olib borishga tayyor bo‘lishi mumkin.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot