$
 12980.16
44.89
 14606.57
239.37
 161.63
1.16
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Aholi ko‘proq qaysi masalalarda Prezident virtual qabulxonasiga murojaat qilyapti?

virtual qabulxona

Vazirlik tizimiga 2024-yilning 9 oyida Prezident Virtual qabulxonasi orqali 90 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 88,1 foizi qanoatlantirilgan.

Bu haqda o‘tkazilgan brifingda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nilufar Begmatova ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari tomonidan aholining dolzarb muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish, aholi bilan ularning muammolari yuzasidan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Asosan qaysi masalalarda murojaat qilingan?

Ichki ishlar organlariga kelib tushgan murojaatlar asosan mol-mulk va pul mablag‘lari oldi-berdisi, ichki ishlar organlariga biriktirilgan 3-sektor hududidagi ijtimoiy masalalar, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, oila-turmush masalalarida, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov harakatlari yuzasidan, jamoat xavfsizligini ta’minlash, shaxsning sog‘lig‘i va sha’niga qarshi harakatlar bilan bog‘liq masalalardagi murojaatlarni tashkil etgan.

Ichki ishlar organlarida murojaatlar bilan ishlash ahvoli har chorak yakuni bo‘yicha Vazirlik rahbariyati huzuridagi yig‘ilishlarda va Vazirlik Hay’ati majlislarida tanqidiy muhokama qilinib borilmoqda.

O‘tkazilgan shaxsiy qabullar

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning dolzarb muammolarini tezkorlik bilan hal etish maqsadida, Vazirlikning fuqarolar qabulxonasida kunlik shaxsiy qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, vazir o‘rinbosarlari va sohaviy xizmatlar rahbarlarining kunlik shaxsiy qabullari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, takroriy murojaat yo‘llayotgan fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazilib, ularning muammolari yuzasidan qonuniy qaror qabul qilish bo‘yicha barcha zaruriy chora-tadbirlar belgilangan.

Xususan, 2024-yilning 9 oyi davomida Vazirlikda o‘tkazilgan shaxsiy qabullar jarayonida 10 933 nafar fuqarolar qabul qilinib, 5 210 nafar fuqaroga malakali huquqiy maslahatlar berilgan bo‘lsa, 5 723 nafar fuqarodan kelgusida ko‘rib chiqish uchun murojaatlar qabul qilingan.

Murojaatlarning 2 011 tasi ijobiy hal qilinib, fuqarolarning qonuniy huquqlari tiklangan bo‘lsa, 3 210 tasi malakali huquqiy tushuntirish berish orqali hal qilingan, 55 tasi qonuniy asoslarga ko‘ra rad etilgan yoki ko‘rmasdan qoldirilgan. 447 ta murojaat hozirgi kunda nazoratga olingan holda ko‘rib chiqilmoqda.

Shu bilan birga, Vazirlik hududiy bo‘linmalarining birinchi rahbarlari tomonidan joylardagi Xalq qabulxonalari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari bilan hamkorlikda, xalq bilan muloqot va “mahallabay” ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholi uchun dolzarb muammolarni tezkorlik bilan hal etish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

35 mingga yaqin fuqarolarning muammolarini hal qilishning barcha qonuniy mexanizmlari ishga solindi

Joriy yilning 9 oyida hududiy ichki ishlar organlarining birinchi rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy va sayyor qabullar jarayonida 35 mingga yaqin fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, muammolarini hal qilishning barcha qonuniy mexanizmlari ishga solingan.

Shuningdek, Vazirlik mas’ul xodimlari tomonidan hududiy ichki ishlar organlarida aholi muammolari bilan ishlash borasidagi ishlar ahvoli yuzasidan o‘rganish va monitoringlar o‘tkazilib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning 9 oyi davomida Toshkent shahar, Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm, Navoiy, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlarida murojaatlar bilan ishlash ahvoli yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilib, fuqarolarni shaxsiy va sayyor qabul qilish, aholining haqli e’tirozlariga hamda salbiy muhokamalarga sabab bo‘layotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

89 nafar xodimlarning malakasini oshirish kurslari tashkil qilindi

Shuningdek, aholi muammolari bilan ishlash bo‘yicha amaldagi tizimning samaradorligini yanada oshirish, tizimda murojaatlar bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan xodimlarning sohaga oid qonunchilik talablari yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida joriy yilning aprel-may oylari davomida Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida murojaatlar bilan ish olib boruvchi 89 nafar xodimlar Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarida ishtirok etishi va malakasini oshirishi ta’minlandi.