$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Namanganda ayol qornidan tibbiy doka va rezina qo‘lqop chiqqaniga uning o‘zi sababchi

operatsiya operatsiya

Namanganda operatsiya qilingan ayol qornida tibbiy doka va rezina qo‘lqop qolib ketgani haqida xabar berilgan edi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati bu holatni rad etdi.

Voqea tafsilotlari

Qayd etilishicha, 11-may kuni soat 09:00 larda Chortoq tumani, “Alixon” MFYda istiqomat qiluvchi 33 yoshli fuqaro B.U. tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish maqsadida kelgan.

O‘tkazilgan dastlabki tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ayolga 2 marta kesar kesish tashxisi qo‘yilib, tug‘ruqxonaga yotqizilgan. Shundan so‘ng bemor holati haqida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan viloyat filialiga xabar berilib, davolash jarayonlari uchun mazkur muassasadan mutaxassis chaqirilgan.

Shu kuni soat chamasi 15:40 larda tibbiyot fanlari doktori T.Abdukarimov va tug‘uruqxona bo‘limi mudiri X.Abidova tomonidan kesarcha kesish amaliyoti bajarilgan.

Operatsiya qanday o‘tgan?

Operatsiya davomida ayol roziligi bilan ixtiyoriy jarrohlik kontratsepsiyasi qilingan. Amaliyot asoratsiz o‘tgan. Biroq ayolning homilasi bakterial va virusli infeksiya tufayli antenatal davrda vafot etgan. Anamneziga ko‘ra, bemor homiladorlik davrida kamsuvlik, 2-3 marta O‘RVI va o‘tkir siydik yo‘llari infeksiyasiga qarshi davolangan.

Murdani oila a’zolari sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazishni yozma ravishda rad etganligi sababli tug‘ruqxona mudirasi tomonidan uyiga berib yuborilgan. Shu bois mazkur holat yuzasidan tug‘uruqxona bo‘limi mudiri X.Abidovaga nisabatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Aslida nima bo‘lgan edi?

Jarrohlikdan so‘ng bemorning bachadoni doim toza bo‘lgan (bir necha marta UTT tekshiruvi o‘tkazilgan) va tug‘ruqdan keyingi 31-kunda normal hayz sikli boshlangan. Undan keyingi 10-kunda ayol o‘tkir zamburug‘li kolpit bilan uy sharoitida mustaqil davolangan. Ya’ni o‘zboshimchalik bilan zamburuqqa qarshi tibbiy shamchalar va doka tampondan foydalangan.

So‘nggi oylarda bemor sog‘ligining yomonlashishiga aynan o‘tkir zamburug‘li kolpit bilan kasallanishi, siydik yo‘llari infeksiyasining takrorlanishi va laktatsiya qaytalanishi birgalikda kechgani sabab bo‘lgan.

Ayol mustaqil davolanishga uringan

Faqat ayolning qinidan (qorni yoki bachadonidan emas) mustaqil davolanishda ishlatilgan tibbiy shamcha va tampon qoldiqlari tushgan. Fuqaro tomonidan olingan suratda aynan ushbu vositalarning qoldiqlari (ishchi guruhga taqdim etilgan) aks etgan.

Agar aybi bo‘lmasa, nega jabrlanuvchi sud-tibbiy ekspertizani rad etdi?

Homilaning tirik yoki o‘lik holda tug‘ilganligini bilish uchun eksgumatsiya hamda qindan chiqqan ajralmalar nima ekanligini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazish so‘ralganda, fuqaro B.U. har ikkala tekshiruvni ham rad etdi.

Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi tibbiy ko‘rik (akusherlik, umumiy va UTT tekshiruvi) natijasiga ko‘ra, ayni paytda ayolning umumiy holati qoniqarli.

Теги :
Jamiyat