$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Namanganda jarrohlik yo‘li bilan ona bo‘lgan ayol qornida tibbiy doka, rezina qo‘lqop qolib ketdi(mi?)

kesarcha

Namangan viloyatining Chortoq tuman tibbiyot birlashmasida ikki oy ilgari jarrohlik yo‘li bilan ona bo‘lgan ayol qornidan dastlab tibbiy doka, keyinchalik rezina qo‘lqoplar chiqdi. Shu sabab 33 yoshli ayolning sog‘lig‘i xavf ostida qolmoqda.

2 oydan beri ayolning ichidan 2 marotaba “marli” va rezina qo‘lqop chiqqan

 Ayolning akasi Nozim Abdullaning “Daryo”ga yoʻllagan murojaatiga koʻra, singlisi sogʻligʻidan xavotirda ekanligini bildirgan. 

"Ko‘p bemorlarning jarrohlik amaliyotidan so‘ng, ichida bint yoki boshqa narsalar qolib ketar ekan. Avvallari eshitsam, kulgili tuyular edi. Bunday bo‘lishi mumkin emas, derdim. Endi o‘z ko‘zim bilan ko‘rganim sabab sizlarga inson qadri bir tiyin ekaniga amin bo‘ldim. Keserva orqali ona bo‘lgan singlimizning ichidan ikki oydan beri ikki marotaba “marli” va rezina qo‘lqop chiqyapti", - deydi jurnalist. 

Goʻdak nobud boʻlgan onaning ahvoli yomon

Akaning bildirishicha, singlisining sog‘lig‘idagi muammolar sabab ikki oydan beri issig‘i tushmayapti.

"Singlim — otamdan merosim. Shu yashab tursin. Bolasi-ku nobud bo‘ldi, unisi endi xudodan, lekin singlim bizga kerak", - deya Chortoq tumanidagi shifokorlarga murojaat qilgan jurnalist. 

"Mazkur holat haqida fikr bildirganlardan biri “Shifoxonada kimnidir yo‘qotmoqchi bo‘lishsa, shifokorlar raqibiga shunaqa yo‘llar bilan ham zarba beradi, deb eshitganman”, - deb yozadi. 

Kimnidir yo‘qotmoqchi bo‘lishsa, doktorlar raqibiga shunaqa yo‘llar bilan “zarba berishadi”

"Bu holat menda turli gumonlarni keltirib chiqarmoqda. Tug‘uruqxona, “medik”lar tili bilan aytganda, anchagina “yog‘li” joy. Kimnidir yo‘qotmoqchi bo‘lishsa, doktorlar raqibiga shunaqa yo‘llar bilan ham “zarba berishadi”, deb eshitganim bor. Ya’ni kasalga bir nima bo‘lsa, uni operatsiya qilgan doktor javobgar bo‘lishi aniq. Atayin shunaqa “operatsiya” uyushtirilgan bo‘lishi ham mumkin. “Perchatka” masalasi shunday gumon qilishga undayapti", - deydi Elyor O‘tbosov bu haqda fikr bildirar ekan.

Tibbiyot qoʻlqopi shunchaki bemorning ichida qolib ketmaydi

Elyor O‘tbosov tibbiyot qo‘lqopi qo‘lga yopishib turishini, shunchaki bemor ichida qolib ketmasligini yozmoqda. 

"Tirik jon ichidan tibbiy vositalar chiqmoqda. Ha mayli, bintni-ku tajribasizlikdan, e’tiborsizlikdan, hayajonda qolib ketgan bo‘lishi mumkin, dersiz (aslida, buni ham oqlash kulgili). Lekin “perchatka”ga nima deysiz? Ey, inson, tibbiy “perchatka” qo‘lga yopishib turadi. Uni yechish biroz mushkul ish. Qanday qilib bemorning ustida turib “perchatki”ni yechish mumkin? “Perchatka”ni bir qo‘l bilan yechsa, qo‘lda qoladi-ku, tushib ketmaydi. Qolaversa, u operatsiya tugagach yechilmaydimi?, - deydi post muallifi. 

Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i bu holatni inkor etgan

Namangan viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, Chortoq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i B.Sodiqov yuqoridagi holatni inkor etgan. Va mas’ullarga bu xabar asossiz degan ma’lumot bergan.

Tibbiyot birlashma boshlig‘i imzolagan hujjatda yozilishicha, 2024-yilning 1-yanvaridan 2024-yilning 7-avgust kuniga qadar tumanda 579 nafar ayol jarrohlik yo‘li bilan ona bo‘lgan va birortasida asorat kuzatilmagan. Biroq xatda bola o‘limi bilan bog‘liq holat tilga olinmagan.

Теги :
Jamiyat