$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish alohida qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi

mulk

Normativ-huquqiy hujjatlar ijroiya hokimiyatini mustahkamlovchi ashyolardir. Biroq bugungi kunda zamon va makon talabi bilan ayrim hujjatlar yangidan tuzilishi taqozo qilinmoqda. Shu maqsadda hukumat qarori bilan eskirgan qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Alohida qonun hujjatlari

Qaror bilan, bir qator qonun hujjatlaridagi normalar amalga oshirishning muayyan mexanizmlari mavjud emasligi hamda ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi natijasida o‘z dolzarbligini yo‘qotganligi, eskirganligi sababli qayta ko‘rib chiqildi, shuningdek ba’zi normalarni amalga oshirish mexanizmlari belgilandi.

Bundan tashqari “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat zonalari va tadbirkorlik zonalari hududida joylashgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish alohida qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Qonunchilikda davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish asoslari qanday edi?

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 14-fevralda prezident qaroroi bilan Davlat mulkini xususiylashtirish tartibi tasdiqlangan edi. Unga ko‘ra, davlat mulkini auksion, tanlov savdolari, muzokaraga ommaviy taklif qilish, birja va boshqa yo‘l bilan xususiylashtirish mumkin. Xususiylashtirilishi mumkin bo‘lgan mulklar: ko‘chmas mulk obyektlari, davlat ulushlari, DUK va davlat muassasalaridir.

Unga ko‘ra, davlat mulkini xususiylashtirish quyidagi usullardan foydalangan holda amalga oshirilishi belgilangan:

·        auksion;

·        tanlov savdolari;

·        muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish;

·        raqobatga asoslangan muloqot;

·        birja savdolari;

·        davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini mulkiy majmua tarzida xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;

·        davlat ulushlarini va davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;

·        davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini keyinchalik xususiylashtirish sharti bilan ijaraga berish.

Shuningdek, quyidagi davlat mulki obyektlari xususiylashtiriladi:

·        davlat ko‘chmas mulk obyektlari;

·        davlat ulushlari (aksiyalari, ulushlari);

·        davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari.

Davlat mulki to‘liq yoki qisman xususiylashtirilishi mumkin. Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirilmaydigan davlat mulki bundan mustasno.

Xususiylashtiriladigan davlat mulkining boshlang‘ich narxi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilanadi.  

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.