$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

O‘tgan yilda “Onlayn mahalla” platformasi orqali aholining 176 mingdan ortiq huquqiy muammolari hal etilgan

hujjat

O‘tgan yilda “Onlayn mahalla” platformasi orqali aholining 176 mingdan ortiq huquqiy muammolari hal etilgan. Bu haqda AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Hayot Qilichev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lumot berildi.

 Murojaatlar soni avvalgi yillarga nisbatan ko‘paygan

Adliya organlari va muassasalariga 2024-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan 270 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan qariyb 2 baravar ko‘p. Murojaatlarning qariyb 110 mingtasi, yoki 40 foizi, og‘zaki, shu jumladan sayyor qabullar davomida kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 40 foizi — 175 mingga yaqini — qanoatlantirilgan. 64 mingtasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.

“Adliya mahalla” va “Onlayn mahalla” platformasi orqali aholining 203 mingdan ortiq huquqiy muammolari qabul qilinib, shundan 176 mingdan ortig‘i, yoki 87 foizi, hal etildi. 336 ming nafar fuqaroga birlamchi bepul huquqiy yordam ko‘rsatilib, 10 mingdan ortiq protsessual hujjat loyihalari tayyorlab berildi.

Vazirlikning “1008” va “1148” qisqa raqamlari orqali 204 mingga yaqin qo‘ng‘iroqlar qabul qilinib ularga xodimlar tomonidan huquqiy axborot yetkazilgan. Xususan, 69 mingdan ortiq murojaat “1008” orqali, 134 mingtasi “1148” raqamlariga qo‘ng‘iroqlar orqali qabul qilingan.

10 ta onlayn muloqot, 13 ta audio podkast tashkil etilgan

Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan 2024-yilda hududlarda jami 55 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilib, unda 1176 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilindi, shundan 241 tasi bevosita adliya vaziri tomonidan vazirlik binosi va hududlarga chiqqan holda o‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida, 1093 tasi vazir o‘rinbosarlari tomonidan vazirlik binosi va hududlarga chiqqan holda o‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida qabul qilingan.

Qariyb 94 mingga yaqin jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilingan

Shuningdek, hududiy adliya organlari va muassasalari rahbarlari tomonidan ham jismoniy va yuridik shaxslarning sayyor qabullarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ular tomonidan 2024-yilda o‘tkazilgan shaxsiy va sayyor qabullar davomida jami 93 590 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilingan.

Murojaatlar yuzasidan 15 905 ta ta’sir choralar qo‘llanilgan, sudga 7 756 ta da’vo arizalar kiritilgan. Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida 1 105 nafar xodim – intizomiy javobgarlikka, (shundan 48 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan), 1 800 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka, 9 nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan. 10 553 ta hujjatlar bekor qilingan yoki ijrosi to‘xtatilgan.

Ta’sir choralar natijasida aholi va tadbirkorlar foydasiga 908 mlrd. so‘m undirilgan

Vazirlik va uning tizimiga hisobot davrida kelib tushgan murojaatlarni ularda keltirilgan masalalar kesimida tahlil qilinganda, ularning aksariyati mehnat nizolari (oylik ish haqini olish), ish haqi, uy-joy bilan ta’minlash, yerga doir qonun hujjatlariga oid, tadbirkorlik, pensiya, moddiy yordam, bola puli, nafaqa masalalari, notariat sohasiga oid, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida, advokatura faoliyatiga oid, sud qarorlari, prokuratura, ichki ishlar organlari xodimlari xatti-harakatidan noroziligi masalasida kelib tushgan muammoli masalalarni tashkil qiladi.