$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Epidemiya to‘xtamayapti, vaksinalar esa…

mpox world

Afrika qit’asida maymunchechak epidemiyasi shiddat bilan tarqalishda davom etmoqda. So‘nggi bir hafta ichida 4 mingga yaqin infeksiyalanganlar ro‘yxatga olingan va shundan 81 tasi o‘lim bilan tugagan. Shunday qilib, umumiy kasallanganlar soni 22 ming 863 taga, o‘limlar soni esa 622 taga yetdi.

Epidemiyaning keng miqyosda tarqalish xavfi oshmoqda

Kongo Respublikasi kasallik o‘chog‘i sifatida hamda vaksina yetishmovchiligi tufayli qiyin ahvolda qolyapti. Aytilishicha, G‘arb va’da qilgan 380 ming vaksina dozasi ehtiyojning atigi 15 foizini qoplaydi, bu esa Kongo Respublikasidagi vaziyatni yana-da og‘irlashtiryapti. Natijada, kasallik nazorat ostidan chiqib, keng miqyosda tarqalish xavfi kun sayin ortib bormoqda

Hozirgacha qaysi davlatlarda mpox aniqlandi?

JSST maymun chechagi bo‘yicha favqulodda holat e’lon qilgandan so‘ng mpoxning bir nechta shtammlari turli davlatlarda aniqlandi. Kongoda Clade-1 shtammi keng tarqaldi va mamlakatning barcha hududlariga yetib bordi. Burundi, Keniya, Ruanda va Ugandada ham ushbu shtamm birinchi marta qayd etildi. Shvetsiyada Afrikadan kelgan bir shaxsda Clade-1b shtammi tasdiqlandi, ushbu shtamm jumladan, Tailandda ham aniqlandi. Shuningdek, Filippin va Pokistonda ham mpox holatlari qayd etilgan. Kuni kecha esa Braziliyada ham aeroport yo‘lovchilaridan biri "mpox bilan mos keladigan belgilar va simptomlar" izolyatsiya qilingani haqida xabar bergan edik.

Теги :
Jamiyat