$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Maymunchechak Braziliyada ham aniqlandimi?

airport

Kuni kecha Braziliyaning San-Paulu xalqaro aeroportida yo‘lovchilardan birida “mpox bilan mos keladigan belgilar va simptomlar” kuzatilgani uchun darhol izolyatsiya qilingan. Bu haqda Reuters nashri xabar qilmoqda.

Tahlil natijalari kutilmoqda

Yo‘lovchining qayerdan kelgani yoki qaysi mamlakat fuqarosi ekani haqida ma’lumot berilmagan. Hozirda undagi mavjud infeksiyaning turi o‘rganilmoqda. Davlatga qarashli yuqumli kasalliklar shifoxonasi laboratoriya tahlillari yaqin kunlarda bu maymunchechakmi yoki oddiygina suvchechakmi tasdiqlab berishi kerak. Natijalar tez orada ma’lum bo‘ladi.

Braziliya migrantlar oqimini cheklamoqchi

Braziliya sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, bu yil mamlakatda mpoxning 700 dan ortiq tasdiqlangan yoki gumon qilingan holatlari qayd etilgan, ammo ularning hech biri yangi variantga (Claude-1 yoki Claude-1b) tegishli emas.

Ta’kidlanishicha, 650 dan ortiq Hindiston, Nepal va Vetnamlik vizasiz migrantlar Braziliyaning xalqaro aeroporti orqali davlatga kirishni kutmoqda. Hukumatga ko‘ra, ular Braziliyadan tranzit sifatida foydalanib, Qo‘shma Shtatlar va Kanadaga borishni rejalashtiryapti. Braziliya hukumati bu ziddiyatli vaziyatga javoban, mamlakatga kirishga urinayotgan xorijliklar oqimini cheklash uchun viza olishni qiyinlashtirmoqchi.

Hozirgacha qaysi davlatlarda mpox aniqlandi?

JSST maymun chechagi bo‘yicha favqulodda holat e’lon qilgandan so‘ng virusning bir nechta shtammlari turli davlatlarda aniqlandi. Kongoda Clade-1 shtammi keng tarqaldi va mamlakatning barcha hududlariga yetib bordi. Burundi, Keniya, Ruanda va Ugandada ham ushbu shtamm birinchi marta qayd etildi. Shvetsiyada Afrikadan kelgan bir shaxsda Clade-1b shtammi tasdiqlandi, ushbu shtamm jumladan, Tailandda ham aniqlandi. Shuningdek, Filippin va Pokistonda ham mpox holatlari qayd etilgan. Endi esa Braziliya ham “qora” ro‘yxatga qo‘shilish arafasida.

Теги :
Jamiyat