Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +19° kechasi +9°

O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlovchi test tizimi keltiriladi

Ma’lumot berilishicha, testning dastlabki to‘plamlari shu hafta ichida mamlakatimizga olib kelinadi.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlovchi test tizimi keltiriladi

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlarning bosh sanitarlari Rospotrebnadzor (Iste’molchilar huquqlari va farovonligini himoya qilish federal xizmati) tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ishtirok etdilar.

Dastlabki to‘plamlar tez orada yetkaziladi

Uchrashuvda maymunchechak kasalligi bo‘yicha JSST e’lon qilgan favqulodda holat bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilindi. Rospotrebnadzor ma’lumotiga ko‘ra, Yevrosiyo mintaqasida, shuningdek, Tojikiston va O‘zbekistonda maymunchechak tarqalish xavfi past.

Davlatlar vakillari Rossiyadan maymunchechakni aniqlash uchun “Vektor” Virusologiya markazining test tizimlarini taqdim etishni so‘rashgan. Test tizimlarining dastlabki to‘plamlari shu hafta O‘zbekistonga yetkaziladi, deyiladi xabarda.

JSST 135 mln. dollar so‘ragan edi

Maymunchechak epidemiyasiga qarshi kurashish uchun JSSTga keyingi olti oy davomida 135 million dollar mablag‘ ajratish kerak. Bu haqda tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyyesus ma’lum qilgan, undan avvalroq tashkilotning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge virusni epidemiologik choralar va vaksinalar orqali nazorat qilish mumkinligini, vaziyat Covid-19dagidek vahimali emasligini ta’kidlagan edi.