Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +19° kechasi +9°
Читать на русском

JSST so‘nggi 6 oyda maymunchechakka qarshi kurashish uchun 135 mln. dollar so‘radi

Ta’kidlanishicha, maymunchechak epidemiyasiga qarshi kurashda xalqaro hamjamiyat kompleks va muvofiqlashgan holda yondashishi lozim.

1 daqiqa o‘qiladi

JSST so‘nggi 6 oyda maymunchechakka qarshi kurashish uchun 135 mln. dollar so‘radi

Maymunchechak epidemiyasiga qarshi kurashish uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga keyingi olti oy davomida 135 million dollar mablag‘ ajratish kerak. Bu haqda tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyyesus ma’lum qildi.

Kompleks va muvofiqlashgan holda yondashish

“Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, maymunchechak (mpox) epidemiyasini imkon qadar tezroq to‘xtatish uchun keyingi olti oyda 135 million dollarga yaqin mablag‘ talab etiladi”, — deydi u.

Gebreyyesusning ta’kidlashicha, maymunchechak epidemiyasiga qarshi kurashda xalqaro hamjamiyat kompleks va muvofiqlashgan holda yondashishi lozim.

Epidemiologik choralar

Bundan oldin Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge mpox virusini epidemiologik choralar va vaksinalar orqali nazorat qilish mumkinligini aytgan edi.

Niqob qutqarmaydi

Avvalroq, Xans Klyuge tibbiy niqob maymunchechakdan (mpox) qutqara olmasligini, ushbu virus teridan-teriga kontakt orqali, ayniqsa, jinsiy aloqa paytida yuqishini ma’lum qilgan edi. Infeksiyalangan hayvondan ham kasallikni yuqtirish ehtimoli mavjud. Maymunchechak havo-tomchi yo‘li bilan ham tarqalishi mumkin. Virus bilan zararlangan buyumlar, masalan, sochiq yoki choyshablar ham sog‘lom insonga xavf tug‘diradi.