$
 11952.10
36.46
 13779.58
30.12
 145.21
-0.98
weather
+26
Кечаси   +14°

Tungi operatsiyalardan 240 mlrd so‘mlik foydagacha: Mikrokreditbank yillik sof foyda rejasini muddatidan oldin bajardi

Mikrokreditbank

Mikrokreditbank 2026-yil uchun belgilangan sof foyda rejasini yil tugashiga qariyb besh oy qolganida bajarib bo‘ldi. Bank oldiga 240 mlrd so‘m sof foyda olish vazifasi qo‘yilgan edi. Endi reja ikki baravar oshirilgan — yil yakuniga qadar ko‘rsatkichni 480 mlrd so‘mga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

240 mlrd so‘m — katta raqam. Ammo undan ham qiziqrog‘i: bank bunga qanday erishdi? UZ24.uz Mikrokreditbankning tunda bo‘sh turgan pulni ishlatishdan tortib, 6,8 trln so‘mlik kreditlashgacha bo‘lgan modelini ko‘rib chiqdi.

Pul tunda ham bekor turmaydi

Bank uchun hisobda ishlamay yotgan pul — yo‘qotilgan daromad. Mikrokreditbank shu bois “Overnight” operatsiyalaridan foydalanmoqda. Bank kun oxirida bo‘sh qolgan likvid mablag‘larini qisqa muddatga xorijiy banklarda joylashtiradi. Bu yerda vaqt zonalari ham bank foydasiga ishlaydi. O‘zbekistonda ish kuni yakunlangan paytda AQSh va Okeaniya moliya bozorlarida kun hali davom etadi. Natijada ertalab yana kerak bo‘ladigan pul tunda shunchaki hisobda yotmaydi — qisqa muddat bo‘lsa ham daromad keltiradi. Bank BNY Mellon, Aktif Bank, ODDO BHF, Xinjiang Bank va Bank of China kabi xorijiy banklarda vakillik hisobvaraqlarini ham ochgan. Bu Mikrokreditbankdagi o‘zgarishning muhim jihatlaridan biri: foyda faqat ko‘proq kredit berishdan emas, mavjud pulni samaraliroq boshqarishdan ham qidirilmoqda.

Yarim yilda 6,8 trln so‘mlik kredit

Bankning asosiy daromad manbalaridan biri baribir kreditlash bo‘lib qolmoqda.

2026-yilning birinchi yarmida Mikrokreditbank 6,8 trln so‘m kredit ajratgan. Shundan 5,3 trln so‘mi biznesga yo‘naltirilgan. Bu jami kreditlarning qariyb 78 foizi degani.

Kredit portfeli kengaysa, bankning foizli daromad olish imkoniyati ham oshadi. Lekin bunda kredit sifati muhim: portfel tez o‘sib, muammoli kreditlar ham ko‘paysa, bugungi daromad keyinchalik xarajatga aylanishi mumkin. Bank ma’lumotiga ko‘ra, moliyalashtirish hisobidan 51 tadan ortiq yirik loyiha ishga tushirilgan.

Endi mijoz faqat tadbirkor emas

Avval ko‘proq mikro va kichik biznesni moliyalashtirishga ixtisoslashgan Mikrokreditbank hozir oddiy mijozlar uchun ham mahsulotlarini ko‘paytiryapti.

Bank chakana segmentda ipoteka va avtokredit mahsulotlarini sezilarli kengaytirgan. Birlamchi bozordan uy sotib olish uchun ipoteka stavkasi 17 foizgacha tushirilgan. Ikkilamchi bozor uchun takliflar 21,55 foizdan boshlanadi.

Avtokreditda esa segment yanada keng. KIA, Chery, Haval, Changan va UzAuto Motors avtomobillari uchun stavkalar 0 foizdan boshlanadi. Shu bilan birga Mercedes-Benz, BMW, Toyota, Nissan va Porsche kabi premium avtomobillar uchun 2,06 mlrd so‘mgacha kredit taklif qilinmoqda.

Bu oddiy mahsulot qatorining kengayishi emas. Bank bir mijoz segmentiga bog‘lanib qolmasdan, o‘rta daromadli iste’molchidan premium avtomobil xaridorigacha bo‘lgan bozorga kirishga urinmoqda.

Mijozni bankda ushlab qolish

Bank chakana mijozni faqat kredit bilan ushlab qolmoqchi emas. Mikrokreditbank bu yo‘lda “Mavrid” mobil ilovasini keng rivojlantirmoqda. Ilovada P2P o‘tkazmalari kengaytirilib, Telegram orqali havola yuborish orqali pul o‘tkazish imkoniyati qo‘shilgan.

Bu kichik funksiya bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Lekin bank uchun mobil ilova qancha ko‘p ishlatilsa, mijozning bank bilan tranzaksiyalari ham shuncha ko‘payadi. Tranzaksiya bank biznesida alohida daromad oqimi. MKBank 2027-yilgacha yana 400 ta bankomat — 300 ta Uzcard va 100 ta Humo qurilmasini o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

Foydani oshirishning ikkinchi yo‘li — kamroq xarajat qilish

Sof foyda faqat daromad ko‘payganda o‘smaydi. Sof foydani oshirishning yana bir yo‘li — xarajatlarni qisqartirish. Mikrokreditbank kredit ajratish va ichki jarayonlarni bosqichma-bosqich avtomatlashtirmoqda. Bank ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda avtomatlashtirilgan tizim orqali 60 mingdan ortiq mijozga 2,137 trln so‘m kredit ajratilgan. Avtomatlashtirish kreditlarni tezroq ko‘rib chiqish, qo‘lda bajariladigan ishlarni va operatsion xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.

AI, islomiy moliya va bolalar banki

Mikrokreditbank 2026–2028-yillarda 38 ta transformatsion loyihani amalga oshirishni rejalashtirgan.

Ular orasida kredit oluvchini baholash uchun AI Scoring, 2027-yil oxirigacha islomiy moliyalashtirish xizmatlarini joriy etish va bolalar hamda o‘smirlar uchun “Junior Banking” ekotizimini yaratish bo