$
 12967.00
11.74
 13352.12
25.04
 126.49
0.05
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi AQShda tug‘ilishning o‘zi fuqarolik olish uchun sabab bo‘lolmaydi

tramp

Donald Tramp mamlakatdagi barcha noqonuniy muhojirlarni, jumladan, Amerika fuqarolarining noqonuniy maqomdagi oila a’zolarini deportatsiya qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda BBC nashri xabar qilmoqda.

AQShda tug‘ilish fuqarolik olish uchun yetarli emasmi?

Tramp immigratsiya bo‘yicha mamlakatda tug‘ilish huquqi orqali avtomatik ravishda fuqarolik olishni bekor qilishni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra, ushbu qonunni qayta ko‘rib chiqish yoki yangi bandlar orqali o‘zgartirilishi lozim.

Trampning o‘zi bu haqda: “Bu masalani hal qilishimiz kerak. Balki, xalq oldidan o‘tishga to‘g‘ri kelar. Ammo shunisi aniqki, tug‘ilish orqali fuqarolik olishni tugatishimiz shart,” dedi.

Bu nafaqat yangi tug‘ilgan bolalarga, balki mamlakatda tug‘ilgan, ammo ota-onalari muhojir bo‘lgan ko‘plab insonlar uchun huquqiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Mavjud qonun-qoidalar nima deydi?

AQSh Konstitutsiyasining 14-o‘zgartirishda shunday deyilgan:

“AQShda tug‘ilgan yoki tabiiylashtirilgan barcha shaxslar, kelib chiqishidan qat’i nazar, mamlakat fuqarolari hisoblanadi.”

Trampning bu tashabbusi ushbu muhim konstitutsiyaviy kafolatni qayta ko‘rib chiqish zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Trampning niyati jiddiy...

Tramp immigratsiya siyosatini keskin kuchaytirish niyatida u, jumladan, noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda. U buni quyidagicha izohladi:

“Oilalarni ajratishni istamayman. Shuning uchun ularning barchasini birga qaytarishimiz kerak.”

Biroq u Obama davridagi DACA (Deferred Action for Childhood Arrivals) dasturi orqali himoya qilingan “Dreamers” muhojirlariga yordam berishga tayyorligini aytdi. Tramp bu toifadagi muhojirlarning aksariyati yaxshi ish topgani va hatto biznes boshlagani haqida so‘z yuritdi. U Demokratlar bilan birgalikda bunga qonuniy maqom berish rejasini ishlab chiqmoqchi.

Huquqshunoslar fikricha, Trampning 14-o‘zgartirishni bekor qilishga urinishi nafaqat konstitutsiyaga zid, balki inson huquqlarini poymol etish sifatida ham ko‘rilishi mumkin. Trampning fuqarolik olishga oid bu rejasi amalga oshsa, immigratsiya bo‘yicha qonunchilikda misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarga yo‘l ochilishi mumkin. AQShning “fuqarolik orqali teng imkoniyat” tamoyili qay darajada saqlanib qolishi hamon ochiq savol bo‘lib qolmoqda