Volgograddagi to‘qnashuvdan saboqlar yoxud tanqidiy fikrlashning ahamiyati
29-iyulda Volgograd oblastida yuz bergan to’qnashuv ayrim migrantofoblar tomonidan muhojirlar bilan bog‘lanmoqda. Huquqshunos Zarnigor Omonillayeva holatga munosabat bildirib, Rossiyada ishlovchi yurtdoshlarimizni ogohlantirdi.
2 daqiqa o‘qiladi

“Crocus Ciy Hall”dagi teraktdan so‘ng, Rossiyada migrantlarga nisbatan tahdid, diskriminatsiya va cheklov tobora kuchaydi. 29-iyulda Rossiyaning Volgograd rayonida to‘qnashib ketgan yuk mashinasi va poyezd voqeasini ayrim migrantofoblar muxojirlar bilan bog‘lamoqchi bo‘lishdi. Holat bo‘yicha Rossiyada yashovchi huquqshunos, bloger Zarnigor Omonillayeva munosabat bildirib, chet ellarda xizmat qilayotgan yurtdoshlarimizni ogohlantirdi.
Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Volgograd to‘qnashuvi
Kuni kecha Volgograd oblastida 900 kishidan ortiq yo‘lovchilar bilan ketayotgan poyezdning yettita vagoni relsdan chiqib ketishi natijasida yuzga yaqin kishi jarohatlandi, 30 dan ortiq jarohatlanganlar o‘rta va og‘ir holatda shifoxonaga yetkazilgan.
Migrantlarga qanday aloqasi bor edi?
Voqeaning aybdori poyezd yaqinlashguncha temir yo‘ldan tez o‘tib ketmoqchi bo‘lgan yuk mashinasi bo‘lgan. Yuk mashinasining haydovchisi tirik qolgan va u 43 yoshli Aslambek Usmatov bo‘lgan. Ayrim migrantofob nashrlar bir pasda Aslambek Usmatovni migrant deb, noxush holatni muhojirlar bilan bog’lamoqchi bo‘lgan.
O‘zimdan chiqqan baloga..
Aslida-chi? Aslida esa 105 kishining jarohat olishi, poyezdning qulashi va 30 ga yaqin odamning shifoxonaga yetkazilishiga sababchi bo‘lgan Aslambek Rossiya fuqarosi va yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lib chiqqan. Biroq bu migrantlarga nafratni kuchaytirishni maqsad qilgan guruhlar uchun muhim emas, chunki ularning maqsadi haqiqat emas.
Migrantlarga tanqidiy fikrlash nega muhim?
Rossiyada migrantlar uchun tanqidiy fikrlash juda muhimdir. Chunki aynan tanqidiy fikrlash muhojirlar haqida tarqatilgan salbiy yangiliklar va noto‘g‘ri ma‘lumotlar ta'siridan himoya qiladi. Tanqidiy fikrlash orqali migrantlar faktlarni haqiqatdan ajratib, tushkunlikka tushishdan saqlanish mumkin. Tanqidiy fikrlashni bilgan muhojirlar axborotni tahlil qilish, ishonchli manbalarni aniqlash va o‘z xulosalarini mustaqil chiqarish qobiliyatiga ega bo‘ladilar.
Agar muhojir tanqidiy fikrlamasa..
Agar chet eldagi yurtdoshlarimiz tanqidiy fikrlamasa va ma‘lumotni tekshirib, o‘z xulosasini chiqarishga erinsa, bunday negativ xabarlarning ta’siriga tushib qolishi juda oson. Tushkunlik esa salomatlikka, ruhiy muvozanatdan chiqishga va eng yomoni nosog‘lom fe’l-atvor hamda munosabatlarga sabab bo‘ladi.
Bu nafaqat muhojirlarning ruhiy salomatligini muvozanatda ushlab turadi, balki jamiyatda o‘z o‘rnini topishda ham yordam beradi.



