$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Teraktdan so'ng: migrantlarga nisbatan tahdid, diskriminatsiya va cheklov

Crocus

Rossiyada “Crocus City Hall”dagi teraktdan so‘ng muhojirlarga nisbatan salbiy munosabat va fikrlar avj ola boshladi. Ularga nisbatan diskriminatsiya holatlari kuzatilmoqda, mamlakatga kirishini cheklash taklif qilinmoqda. 

Xorijliklarnining Rossiyaga kirishini cheklash taklif qilindi

Qrimdan davlat dumasi deputati Mixail Sheremet Rossiyaga yaxshi niyat bilan keladigan xorijliklarni hurmat qilishi, afsuski, ularning ayrimlari “koʻr-koʻrona rus xalqiga zarar yetkazish” uchun foydalanilayotganini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

"Maxsus harbiy operatsiya chogʻida ichki xavfsizlikni taʼminlash maqsadida muhojirlarning mamlakatimizga kirishini cheklashni taklif qilaman, afsuski, chegarani kesib oʻtayotgan xorijliklar, birinchi navbatda, oʻzlariga xavf tugʻdiradi, chunki ular avtomatik tarzda Gʻarb razvedka xizmatlarining Rossiyada terrorchilik harakatlari uchun sharoit yaratish, shuningdek, vaziyatni beqarorlashtirish uchun qiziqish obyektiga aylanadi.

Afsuski, hozirda odamlar qanday niyatda kirib kelayotganini aniqlashga vaqtimiz yoʻq, chunki barcha kuch va vositalar mamlakatimiz sarhadlarini himoya qilishga qaratilgan. Shuning uchun men maxsus operatsiya davomida muhojirlar Rossiyaga sayohatlarini istisno qilishi kerak, deb hisoblayman", — deydi deputat.

Taksi haydovchilariga diskriminatsiya va tahdid

X ijtimoiy tarmog‘ida esa hududlarda ishlovchi taksichilarga yo‘lovchilar tomonidan yozilgan xabarlar skrinshoti tarqalmoqda: 

“Sizning millatingiz nima? Agar Tojikistondan bo‘lsangiz, buyurtmani bekor qiling”, “Tojikistonlik bo‘lsangiz, buyurtmani bekor qiling, men siz bilan ketmayman yoki “GAI”ni chaqiraman, yo‘lovchi tashish bo‘yicha litsenziyangizni tekshirib ko‘rsin”, deb yozadi yo‘lovchilar haydovchilarga. Skrinshotlar “Govorit NeMoskva” kanali tomonidan nashr etilgan.

Korxona rahbarlariga talab

Yekaterinburgdagi savdo markazlarida ijarachilardan Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan bo‘lgan xodimlarining ro‘yxatini taqdim etishlari so‘ralgan e’lonlar paydo bo‘lgan.

“24-mart soat 16:00 ga qadar Markaziy Osiyo (Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston) fuqarolari bo‘lgan barcha xodimlar ro‘yxatini tayyorlash zarur”.

Buyurtmada aytilishicha, talabni bajarmaslik 3000 rubl (salkam 408 ming so‘m) miqdorida jarimaga olib keladi. Tegishli e’lon fotosuratlari Telegram kanalida paydo bo‘lgan, e’lon qilinayotgan vaqtda ularning haqiqiyligini tasdiqlash yoki inkor etish imkoni bo‘lmagan.

Eslatib oʻtamiz, Moskva viloyatidagi Piknik guruhining konserti boʻlib oʻtayotgan Crocus City Hall konsert zalida 22 mart kuni nomaʼlum shaxslar oʻt ochdi. Binoda portlash sodir boʻlgan va yongʻin boshlangan. Terrorchilar avtomat quroldan oʻt ochib, keyin, granata yoki yondiruvchi shashka uloqtirgan, oqibatda yongʻin boshlangan. Terakt oqibatida 137 kishi halok bo‘ldi, 154 kishi yaralandi.