$
 12606.73
49.17
 14849.47
40.34
 159.86
0.42
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Bolani boshqa maktabga yoki sinfga o‘tkazish tartibi qanday?

Maktabni ko

Yangi o‘quv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Bolalarni boshqa maktabga yoki boshqa sinfga o‘tkazish harakatida yurgan ota-onalar nimalarni bilishi kerak?

Ariza qanday beriladi?

Ota-onalar o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng farzandini bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish huquqiga ega.

Bolani boshqa maktabga o‘tkazish uchun arizalar 2 xil usulda – onlayn va maktabning o‘ziga borgan holda (oflayn) beriladi.

Onlayn ariza beriladigan hududlarning aniq ro‘yxati my.maktab.uz portalida mavjud. Onlayn arizalar my.maktab.uz yoki my.gov.uz portallari orqali beriladi.

Boshqa hududlarda esa oflayn ya’ni bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish uchun uning sabablarini ko‘rsatib maktab direktori nomiga ariza beriladi.

Har ikkala holatda ham ariza berish bepul.

Ariza qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

Onlayn berilgan arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Oflayn berilgan arizalar esa 1 ish kunida ko‘rib chiqiladi va o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktabga taqdim etish uchun maktabdan ketish taloni beriladi.

Ariza qanday holatlarda rad qilinadi?

Quyidagi hollarda o‘qishni ko‘chirish rad etilishi mumkin:

maktabda (qabul qilinadigan sinfda) bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmaganda;

arizada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganda.

Boshqa holatlarda o‘qishni ko‘chirish rad etilishi mumkin emas.

Yangi maktabga qanday hujjatlar berilishi kerak?

Ota-onalar farzandi o‘qishni davom ettirishiuchun tanlangan maktab direktoriga ariza beradi. Arizaga maktabdan ketish taloni ilova qilinadi.

O‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktabdirektori ariza va talonni qabul qilgach, shu kunning o‘zida ota-onalarga o‘quvchi ta’limolayotgan maktabga taqdim etish uchun maktabgakelish talonini beradi.

O‘quvchi eski maktabidan qanday hujjatlarini olib ketishi kerak?

O‘quvchi o‘qiyotgan maktab direktori maktabga kelish talonini olgach, shu kunning o‘zida o‘quvchini maktab o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi. 

Maktab direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi to‘g‘risida imzo qo‘ydirib, ularga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi to‘g‘risida tilxat oladi:

o‘quvchining maktab o‘quvchilari safidan chiqarilganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma;

o‘quvchining baholar (o‘zlashtirish) tabeli;

o‘quvchining tibbiy kartasi.

O‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori boshqa maktabdan o‘tkazilayotgan o‘quvchining o‘quv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi shart.

Bolani boshqa sinfga o‘tkazish tartibi qanday?

Ota-onalar o‘z farzandlarini o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng bir sinfdan boshqa sinfga o‘tkazish huquqiga ega.

Bunda ota-onalar farzandini sinfdan sinfga o‘tkazish sabablarini ko‘rsatib maktab direktori nomiga ariza beradi. Direktor arizani olgan kundan 1 ish kunida ko‘rib chiqadi va o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.

Sinfdagi o‘quvchilar soni me’yordan (35 nafar) ortiq bo‘lganda, direktor o‘quvchini sinfdan-sinfga o‘tkazishni rad qilishi mumkin.

Rad etish haqida direktor 3 kunda ota-onalarga yozma ravishda ma’lum qilishi kerak.

Direktorning o‘quvchini sinfdan-sinfga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingach, 3 kunda sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.

Теги :
Jamiyat