$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistonda ehtiyojmand aholi uchun ijtimoiy karta xizmati joriy etiladi

majlis

Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda qayd qilinishicha, endilikda kambag‘al oila farzandlarini IT va kasb-hunarga o‘qitish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Kambag‘al oila farzandlari uchun yangi imkoniyatlar yaratilishi belgilanmoqda

Oliygoh rektorlari ham kambag‘al oiladan jami 4 ming nafar yoshlarni o‘qitishga bosh-qosh bo‘ladi.

Kelgusi yildan mahalladagi ijtimoiy xodimlar va xususiy sektor ishtirokida bu odamlarni 19 mingiga uyida va 4 mingiga kunduzgi qatnov asosida qarab turish yo‘lga qo‘yiladi.

Natijada yaqiniga qarab turgan 15 ming aholinining ishlashiga sharoit yaratiladi.

Bu tajriba Toshkent shahrida kelgusi yil 1-martgacha, boshqa hududlarda 2025-yil yakunigacha yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Kambag‘al oiladagi 460 ming odam tibbiy yordamga, 6 mingta oila esa uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj.

Shu bois 2025-yilda muhtoj odamlarning jarrohlik amaliyoti uchun Tibbiy sug‘urta jamg‘armasiga qo‘shimcha 185 milliard so‘m ajratiladi. “Ijtimoiy daftarlar” mablag‘i faqat kambag‘al oilalarni yashash sharoitini yaxshilash, tibbiyot, ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish va daromadini oshirishga sarflanadi.

Ijtimoiy daftarlar mablag‘ining 30 foizini tuman hokimlariga “Inson" markazlari bilan mahalladagi uy-joy, yo‘l, suv va elektrni yaxshilash uchun ishlatishga ruxsat beriladi.

Yagona ijtimoiy karta xizmati joriy etiladi

Yana bir masala – hozirda 400 ta ko‘p qavatli ijtimoiy uyda 25 ming aholi istiqomat qiladi. Lekin ular yaqin qarindoshlari va odatiy yashash sharoitidan ancha uzoqlashib qolayotgani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan ehtiyojmand aholini bitta ijtimoiy uy-joyga joylashtirishdan voz kechiladi. Ularga o‘zini mahallasiga yaqin joydagi uyni ijaraga olishga ruxsat beriladi, xarajati qoplab beriladi.

Hozirgi kunda 65 turdagi ijtimoiy xizmat va yordam olish uchun fuqarolarimiz tug‘ilganlik, nogironlik to‘g‘risida, pensiya, talabalik guvohnomasi, bank kartasi kabi 10 dan ortiq hujjatni ko‘tarib yurishga majbur.

Bunday ovoragarchilikka chek qo‘yish vaqti kelganini ta’kidlab, Prezident barcha hujjatlarni o‘rnini bosadigan bitta – ijtimoiy karta joriy etilishini e’lon qildi.

Ijtimoiy karta bilan avtobus va metroda bepul yurish, elektr, gaz va o‘qish xarajatiga kompensatsiya olish mumkin bo‘ladi, nafaqa va yordam pullari ham shu kartaga tushadi.

Bu tizim 1-iyulgacha Toshkent shahri va Yangiyo‘l tumanida sinovdan o‘tkaziladi, yil yakunigacha hamma joyda ishga tushiriladi.

1-yanvardan nogironligi bo‘lgan ishchilar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi

Yil boshidan nogironligi borlar Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo va Surxondaryoda 10 foizga ko‘paydi. Bu ko‘rsatkich 20 ta tumanda 12 foizdan yuqori.

Shu sababli endilikda har bir viloyat, tuman shifoxonasida reabilitatsiya xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi. 12 ta nogironlik reabilitatsiya markazida ergoterapiya, fizioterapiya, davolash-gimnastika xizmatlari qamrovi 5 karra oshiriladi.

7 ta tibbiyot oliygohida reabilitatsiya kafedralari ochiladi, professor-o‘qituvchilar Koreya tajribasi asosida qayta o‘qitiladi. Respublika reabilitatsiya markaziga Koreya va Yaponiyadan ekspertlar olib kelinib,

Mahalladagi ijtimoiy xodimlar nogironligi bor uyga uy sharoitida qilinadigan mashqlar dasturi va sog‘lom ovqatlanish menyusini eslatma qilib tarqatishi belgilandi.

Reabilitatsiya ishlarining samarasi nogironligi borlarni harakati, muloqoti, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishidagi o‘zgarishlarga qarab baholanadi, buning uchun shifokorlarga ustama beriladi.

Ijtimoiy xizmat agentligiga viloyat hokimlari bilan birgalikda 2025-yilda 80 ming muhtoj odamga zarur protez vositalarini yetkazib berish topshirildi.

Buni yanada kengaytirish maqsadida 1-yanvardan nogironligi bo‘lgan ishchilar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi. Korxonalarga surdotarjimon, psixolog va ko‘zi ojizlar uchun hamrohlik xizmati xarajati uchun 50 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Bunday odamlarni ishga joylagan xususiy bandlik kompaniyalariga 500 million so‘mgacha grant beriladi. Bunda, ushbu kompaniyalar ishlash istagi bor odamlarni aniqlab, ularni o‘qitadi, korxona talabiga moslashtiradi, ish davrini dastlabki 6 oyida hamrohlik qiladi.

Nogironligi bor shaxslar uchun sport turlari kengaytiriladi

Dunyoda nogironligi bor odamlarga to‘g‘ri keladigan 100 dan ortiq sport turi bor. Lekin, bizda bunday odamlarga sport bilan shug‘ullanishga faqat 22 ta turi bo‘yicha tibbiy xulosa beriladi.

Endilikda xalqaro andozalar asosida nogironligi borlarga sport turlari ham kengaytirilishi, ularni bunga layoqati kasallik turiga qarab avtomatik belgilanishi qayd etildi.

Natijada sport bilan shug‘ullanishga yo‘llanma olishi mumkin bo‘lgan nogironligi borlar soni 286 mingdan 440 mingga oshadi.

Mutasaddilarga kelgusi yilda adaptiv sport qamrovini 1,6 barobarga oshirib, 45 mingga yetkazish topshirildi. Bu odamlarni sport bilan shug‘ullantiradigan murabbiylar oyligi 1-yanvardan 1,5 barobar oshiriladi

Joylardagi 130 ta sport maktabi, 90 ta maxsus ta’lim muassasasi va 29 ta “Muruvvat” uyidagi sport obyektlari adaptiv sport turlariga moslashtiriladi.Joylarda 300 ta yangi “vorkaut” maydonchalari quriladi, ularda ham xuddi shunday sharoitlar bo‘ladi.

Harakati cheklangan bolalarga maktabga kelib-ketish xarajatlarining 75 foizi qoplanadi

Bog‘cha va maktab yoshidagi nogironligi bor bolalarning ta’lim bilan qamrovi Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida eng pastligi ko‘rsatib o‘tildi.

Respublika bo‘yicha bunday bolalarni 16,5 mingi maktabga, 17,5 mingi bog‘chaga bormaydi, yana 11 ming bola maxsus maktab-internatlarda ota-onasidan uzoqda o‘qiyapti.

Shuning uchun Ijtimoiy himoya agentligi, MMTV, viloyat hokimlariga 1-fevralgacha har bir tumanda bittadan bog‘chada inklyuziv ta’lim guruhini ochish topshirildi. 1-sentyabrgacha 954 ta maktabda inklyuziv sinf tashkil qilinib, yana 1 ming 800 nafar nogironligi bor bola ta’lim olishi uchun sharoit yaratiladi.

Ijtimoiy himoya agentligiga harakati cheklangan bolalarga maktabga kelib-ketish xarajatini 75 foizini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi.

Bog‘cha va maktab yoshidagi nogironligi bor bolalarning ta’lim bilan qamrovi Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida eng pastligi ko‘rsatib o‘tildi.

Respublika bo‘yicha bunday bolalarni 16,5 mingi maktabga, 17,5 mingi bog‘chaga bormaydi, yana 11 ming bola maxsus maktab-internatlarda ota-onasidan uzoqda o‘qiyapti.

Har bir bog‘chada inklyuziv ta’lim guruhi ochiladi

Shuning uchun Ijtimoiy himoya agentligi, MMTV, viloyat hokimlariga 1-fevralgacha har bir tumanda bittadan bog‘chada inklyuziv ta’lim guruhini ochish topshirildi. 1-sentyabrgacha 954 ta maktabda inklyuziv sinf tashkil qilinib, yana 1 ming 800 nafar nogironligi bor bola ta’lim olishi uchun sharoit yaratiladi.

Ijtimoiy himoya agentligiga harakati cheklangan bolalarga maktabga kelib-ketish xarajatini 75 foizini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi.

Shuningdek, mental va jismoniy nuqsoni bor bolalarni o‘qitadigan 90 ta maxsus maktabni ko‘p funksiyali maktabga aylantirish kerakligi ta’kidlandi. Bu orqali nogironligi bor 2 ming bola ota-onasi bilan yashab, yaqin hududdagi maktabda o‘qish imkoniga ega bo‘ladi.

Yangi o‘quv yilidan Toshkent shahrida bitta shunday maktab faoliyati yo‘lga qo‘yilib, namuna qilinadi.

Yana bir tajriba – shu yili nogironligi bor bolalar uchun 73 ta kunduzgi parvarishlash va “G‘amxo‘rlik” guruhlari tashkil qilindi.

Bu sohaga xususiy sektorni olib kirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Ya’ni, tadbirkorlarga har bir bola uchun kuniga 100 ming so‘mdan subsidiya, xonalarni jihozlashga 30 million so‘mgacha arzon kredit ajratiladi.

Buni hisobiga Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida nogironligi bor 2 ming bolani kunduzgi parvarishlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bu tizim 1-oktyabrgacha qolgan viloyatlarda ham joriy qilinadi.

Mutasaddilar oldiga kelgusi yilda 15 ming nogironligi bor bolani ta’limga jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

Mas’ul idoralarga Milliy gvardiya tajribasi asosida 500 nafar bolani oilaviy bolalar uyiga joylashtirish va ta’lim olishi uchun sharoit yaratish topshirildi.

Nazoratsiz va qarovsiz bolalar yashashi, o‘qishiga ixtisoslashgan maktablar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi, ularda bunday bolalar uchun 5 foiz kvota bo‘ladi.

Umuman, nogironligi bor hamda ota-ona mehridan bebahra qolgan bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi va oilaviy muhitga qaytishini tashkil qilish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.