$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

Kredit qarzdorligi vaqtida to‘lanmasa, undiruv garovga qo‘yilgan mulkka qaratiladi

Kredit

Bugungi kunda kredit tashkilotlari tomonidan kredit qarzdorligini undirishga 187 kundan 612 kungacha muddat sarflanmoqda. Bu esa kreditorlarning talablarini qondirish muddatlari cho‘zilib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu bois kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda muhokama qilindi. 

Qonun bilan nimalar o‘zgaradi?

Markaziy bank raisi o‘rinbosarining qayd etishicha, amaliyotda qarzdor tomonidan kredit (ipoteka) shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarilmaganda kreditorning (bankning) garov bilan ta’minlangan talablarini qondirish, undiruvni sud tartibida va suddan tashqari tartibda garov mulkiga qaratish, garovga oluvchining garov mulkiga bo‘lgan huquqlari ustuvorligini ta’minlashda bir qator muammolar mavjud.  

Shundan kelib chiqib, mazkur qonun loyihasida majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida taqdim etilgan mol-mulkka nisbatan kreditorlar huquqlarining ustuvorligini ta’minlash, garovga qo‘yilgan mol-mulkni auksion orqali sotish jarayonlarini soddalashtirish garov bilan ta’minlangan majburiyatlarni suddan tashqari tartibda undirish amaliyotini takomillashtirish masalalari ko‘zda tutilgan.  

Jumladan, garovdagi mulkni bozor qiymatida savdoga chiqarish, qaytmagan qarzdorlik summasi garov qiymatining 15 foizidan kam bo‘lganda undiruvni mulkka qaratmaslik, muddati o‘tgan qarzdorlik vujudga kelganda shu qism uchun davo arizasi kiritish, so‘ng qarzdorlikni to‘lamagan va to‘lov grafigiga amal qilmagan taqdirda to‘liq kredit summasini undirishga davo kiritish mumkinligi belgilanmoqda.   

Loyiha nimaga xizmat qiladi?

Ta’kidlandiki, qonun loyihasining qabul qilinishi kreditorlarning garov mulkiga nisbatan huquqlari ustuvorligini ta’minlash, garov narsasini suddan tashqari tartibda realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish, majburiyatni garovdagi mol-mulk hisobidan undirish jarayonlarini soddalashtirish hamda kredit tashkilotlarining kredit portfelidagi muammoli aktivlar ulushining kamayishiga xizmat qiladi.

Теги :
Jamiyat