$
 12869.90
-4.96
 13496.66
-28.38
 124.94
1.88
weather
+26
Кечаси   +14°

Xorazmda xususiy korxona jarimaga tortildi

jarima

Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, Xorazmda xususiy korxonani jarimaga tortdi. 

Qonunbuzilish holati

Ma’lum qilinishicha, Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan “Urganch Maftun Avia Travel” xususiy korxonasi faoliyat ko‘rsatayotgan binoning tashqi qismidan o‘rin olgan reklama konstruksiyasida Haj va Umra safarlariga oid reklamalar hamda ijtimoiy tarmog‘i orqali ham “Umra safarini Maftun Avia Travel bilan ado qiling” mazmunidagi reklama joylashtirilganligi aniqlandi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq “Umra” ziyorati faqat tegishli litsenziyaga ega mahalliy turoperatorlar tomonidan tashkil qilinishi belgilangan.

Kompaniyaga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llangan

Yuqoridagilarga holatga muvofiq, “Urganch Maftun Avia Travel” XK tomonidan litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda reklamalar joylashtirilganligi va bu bilan “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning talablari buzilganligi yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, yakunlari yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.