$
 12967.00
11.74
 13352.12
25.04
 126.49
0.05
weather
+26
Кечаси   +14°

Bozorlarda kartoshka narxi 12,9%ga qimmatladi

kartoshka

Yangi yilning 3-yanvaridan 17-yanvarigacha bo‘lgan davrda kartoshkaning ulgurji narxlari (Yangi Qo‘yliq dehqon bozori misolida) 6 200 so‘mdan 7 000 so‘mgacha yoki 12,9%ga ko‘tarilgan.

Rasmiy raqamlarga ishonilsa, O‘zbekistonda yiliga 3,6 million tonna kartoshka yetishtiriladi, 700 ming tonna atrofida kartoshka import qilinadi.

Qozog‘iston kartoshka eksportini chekladi

2024-yilda O‘zbekiston eng ko‘p kartoshkani Qozog‘istondan import qilgan — 11 oy ichida O‘zbekiston import qilgan kartoshkaning deyarli 75 foizi Qozog‘istondan olib kelingan.

Biroq qo‘shni davlatning o‘tgan haftada kartoshka eksportiga cheklov kiritishi bilan bog‘liq ravishda mahalliy bozorlarda narxlarning keskin oshishi kuzatildi.

Iqtisodchilarga ko‘ra, kartoshka narxlari o‘zgaruvchanligi yil davomida mavsumiy ranglarga ega. Kuzda hosilning ortishi natijasida narxlar 2 000 so‘mgacha tushgan bo‘lsa, hozir narxlar bir necha barobarga oshgan. Zaxira tizimining yo‘qligi va bozordagi barqarorlashtiruvchi choralarning samarasizligi mavjud vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.

Raqobat qo‘mitasi vaziyatni o‘rgandi

Raqobat qo‘mitasi poytaxtdagi “Farhod” va “Yunusobod” dehqon bozorlarida kartoshka narxlari o‘rganilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, “Farhod” dehqon bozorida narxlar 7 800 so‘mdan 8 000 so‘mgacha, “Yunusobod” dehqon bozorida esa 4 000–8 000 so‘mgacha o‘zgargan. Bozor ma’muriyati va sotuvchilar bu holatni ekspertdan kelayotgan kartoshkaning qimmatlashishi bilan izohlagan.

Qozog‘istonda ham ahvol shu: kartoshka narxi keskin oshmoqda

Qozog‘istonda kartoshka narxining keskin oshishi sababli hukumat uchinchi davlatlarga eksportni olti oyga cheklashga qaror qildi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh vazirining rasmiy axborot manbasi xabar bermoqda.

“Qo‘shni davlatlar, ayniqsa, O‘zbekiston tomonidan talabning oshganligi va eksport narxlarining yuqoriligi sababli joriy yilda kartoshka eksporti 1,5 barobarga oshib, 411 ming tonnani 605 ming tonnaga yetkazdi. Ajyotij talab ichki bozorga ta’sir ko‘rsatdi. So‘nggi haftada eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqaruvchilarda narxlar 170 tangeden 270 tangegacha keskin oshishi qayd etildi,” — deyiladi hukumat xabarida.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot