$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Prezident qator yirik davlat kompaniyalarining mutlaq huquqlarini bekor qildi

Mirziyoyev

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoevaning ma'lum qilishicha, farmon qora va rangli metallarni qayta ishlash, kimyo sanoati, telekommunikatsiya va energetika kabi qator sohalarda yangi davrni boshlab beradi.

Yirik davlat kompaniyalarining mutlaq iqtisodiy huquqlari bekor qilinadi

Shavkat Mirziyoyev 3-iyun kuni "Bozor islohotlarini yanada jiddiylashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” farmon imzoladi. Farmon doirasida qator yirik davlat kompaniyalarining mutlaq iqtisodiy huquqlarini bekor qilinadi. Farmon bilan Jahon savdo tashkilotiga a'zo boʻlish jarayonini jadallashtirish choralari belgilangan. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva xabar berdi.

Bekor qilingan eksklyuziv huquqlar

Farmonga koʻra, qonunchilik bilan taqdim etilgan quyidagi maxsus (eksklyuziv) huquqlar bekor qilindi:

a) 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

 “Oʻzmetkombinat” AJning respublika hududida qora metall lomi va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish) huquqi;

 “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJning respublika hududida rangli metall lomi va chiqindilarini tayyorlash va eksport qilish huquqi;

 “Oʻztreyd” AJning konsignasiya shartlarida oziq-ovqat uni va bugʻdoyni, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari, dehqon va fermer xoʻjaliklari mahsulotlarini bank kafolatlari yoki siyosiy va tijorat xavflaridan eksport shartnomalarini sugʻurtalash polislarini taqdim etmasdan eksport qilinadigan mahsulotlarni savdo uylari manzillariga tushirish huquqi;

 “Oʻzkimyoimpeks” MChJning “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlari kimyoviy mahsulotlari eksporti hamda ularning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar importini amalga oshirishdagi yagona agent huquqi;

b) 2026-yil 1-iyuldan boshlab:

 “UzGasTrade” AJning tabiiy gazni yagona eksport qiluvchi va import orqali tashqi manbalardan markazlashgan tartibda xarid qilish boʻyicha yagona operator sifatidagi huquqi;

 “Oʻzenergosotish” AJning elektr energiyasining eksporti va importini markazlashgan tartibda amalga oshirish huquqi.

Farmonning asosiy tamoyillaridan biri – hamma uchun teng va raqobat sharoitlariga rioya qilish

Saida Mirziyoyeva farmonning imzolanishi erkin bozor yaratishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar turkumining bir qismi ekanligini taʼkidladi:

"Hujjat qora va rangli metallurgiya, kimyo sanoati, telekommunikatsiya va energetika kabi tarmoqlarni qamrab oladi. Qayd etilishicha, uning imzolanishi erkin bozor yaratishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar turkumining bir qismidir.

Biz Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha o‘z ustuvor yo‘nalishlarimizni yana bir bor namoyish etmoqdamiz, uning asosiy tamoyillaridan biri – hamma uchun teng va raqobat sharoitlariga rioya qilamiz”, — dedi Saida Mirziyoyeva oʻz telegram kanalida.

"Qator monopolistlarning bir necha oʻn yillar amal qilgan vakolat va huquqlari bosqichma-bosqich bekor boʻlmoqda"

Iqtisodchi Otabek Bakirovga farmon bilan qator monopolistlarning bir necha oʻn yillar amal qilgan va avvalgi epoxadan qolgan, keyinchalik yangi davrda kuchaygan qator eksklyuziv vakolat va huquqlari bosqichma-bosqich bekor boʻlayotganini aytdi. https://t.me/the_bakiroo/8273

“Shuningdek, tariflarni birxillashtirish, notarif cheklovlar va turli preferensiyalardan voz kechish koʻzda tutilgan.

Davlat xaridlarida sogʻlom raqobat muhitini ragʻbatlantirish maqsadlarida jiddiy qadamlar qoʻyilishi belgilangan”, – deya yozdi Bakirov.

Shuningdek, u agar farmonda belgilangan vazifalar oʻz muddatlarida ijro etilsa, Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi harakatlari maqsadlardan amaliy realliklarga koʻchishini qoʻshimcha qildi.

 Eslatib oʻtamiz, may oyi oxirida Jenevada boʻlib oʻtgan muzokaralarda Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev Oʻzbekistonning 2026-yilgacha JSTga aʼzo boʻlish niyati haqida gapirgan edi. Tashkilot ishchi guruhi hukumatni “qo‘shimcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga” chaqirgan.