$
 12778.12
78.98
 14931.23
83.4
 164.01
1.85
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

JIDUda kontrakt narxlari koʻtarildi

jidu

2024/2025 oʻquv yilida 1-bosqich bakalavr talabalari uchun – 29,4 million soʻm, 2–4-bosqich talabalari uchun esa 23,7 million soʻm etib belgilandi

Kontrakt miqdori

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirilgani haqida oliygoh saytida xabar berildi. Yangi narxlarga koʻra, kontrakt-toʻlovlari 1-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 29 million 428 ming soʻm, stipendiyali – 35 million 642 ming soʻm, 2–4-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 23 million 740 ming soʻm, stipendiyali varianti esa 31 million 814 ming soʻm etib belgilangan. Magistratura esa 27 million 216 ming soʻm deb belgilangan.

3 yil oʻzgarmagan kontrakt

Oliygoh matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, JIDUda 3 yildan beri kontrakt narxlari oshirilmagan. 2023/2024 yillarda stipendiyasiz oʻqish narxi bakalavriat uchun umumiy – 18 million soʻm, magistratura uchun – 21 million soʻm etib belgilangan.

Bir talaba uchun yillik o‘qitish xarajati

Avvalroq davlat oliy ta'lim muassasalarida 2023/2024-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida bir talabaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha o‘qitish xarajatlari e’lon qilingan edi. Unga koʻra, oʻrtacha ta'lim yoʻnalishlari boʻyicha stipendiyasiz oʻqitish xarajatlari 13 million 640 ming soʻmni tashkil qiladi. Oʻrtacha toʻlov kontrakt qiymati esa 7 million 446 ming soʻm boʻlib, bu – xarajatlarning 54 foizini qoplaydi.

Kamchiqim talabalar

Kontrakt summasi xarajatlarning katta qismini qoplaydigan yoʻnalishlar roʻyxatida huquq – 81,2 foiz, jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar – 81,2 foiz, jahon siyosati – 81,2 foiz, iqtisod – 75,6 foiz va axborot texnologiyalari 75,6 foiz yoʻnalishlari oʻrin olgan.

Теги :
Jamiyat